19
Qaytimni yo`qotmasdan,
Kuchukka tosh otmasdan.
Olib keldim issiq non,
Uyga kelganda mehmon.
Tarbiyachi:
Bolalar she’r sizlarga yoqdimi
Bolalar javobi:
Ha yoqdi
Tarbiyachi:
Kunning ikkinchi yarmida albatta she’rni yod olamiz.
Endi bolajonlar sizlar
bilan birgalikda topishmoqlarni topamiz,
1. Bug`doyzorda yo`g`rilgan
Tandirda tug`ilganman
(Non)
2. Eng totli ulug` ne’mat
Dasturxonga ko`rk ziynat
(Non)
3. Dengiz emas chayqaladi
Dehqonni u boy qiladi
(Bug`doyzor)
4. U Tugamas boylik kon
Unda bo`lar oshu non
(Bug`doy)
Tarbiyachi:
Bolajonlar topishmoq, she’r, rivoyatlar sizlarga yoqdimi?
Bolalar javobi:
Ha
Tarbiyachi:
(Faoliyatyakunida bolalar rag`batlantiriladi) va tarbiyachi mashg`ulotni tez
aytish bilan yakunlaydi.
Nonvoy, nonvoy non yopar,
Nonni novvot deb sotar.
14-mavzu: “Non ham non, ushog`i ham non”
Faoliyat maqsadi:
Bolalarga
nonning azizligini, uni isrof qilmaslikka o`rgatish.
Kattalar
mehnatini tushunishi va hurmat qilishga o`rgatish.
Kerakli jixozlar:
Hamirdan
tayyorlangan non mahsulotlari,
savatchada non, likopchalarida
pishiriqlar, bug`doy boshoqlari tasvirlangan suratlar, juva, taxtacha, sochiq va tayyor hamr
Markazlar:
Milliy burchak, Bolalar kutubxonasi markazi
Dostları ilə paylaş: