usulining xususiyatiga bog‟liq. Ma‟lumki, turli metall konstruksiyalar
olishda asosiy material
qotishmalarning spetsifik xususiyatlari turlicha bo‟lganligi sababli turlicha payvandlanadi.
Kuzatishlar ko‟rsatadiki, turli qalinlikdagi kam uglerodli oddiy va legirlangan po‟latlar istalgan
harorat sharoitida yaxshi payvandlanadi. Po‟lat tarkibida uglerod miqdori 0,30% ortishi bilan
payvandlashda termik ta‟sir sohasidagi haroratda toblanishi sababli payvandlanuvchanligi
yomonlashadi, chunki u mo‟rtlashib, darz ketishga moyil bo‟lib qoladi. Shu sababli tarkibida
0,30-0-,42% gacha uglerod bo‟lgan po‟latlar qoniqarli darajada payvandlanuchi po‟latlarga
kiradi.
Po‟latlar tarkibida uglerod miqdori 0,42-0,55% gacha bo‟lsa, bunday po‟latlarni
payvandlash cheklanadi. Agar po‟latda uglerod miqdori 0,55% dan ortiq bo‟lsa,
u yomon
payvandlanadi. Cheklangan darajada va yomon payvandlanuvchi po‟latlarni payvandlash zarur
bo‟lsa, sifatli choklar olish uchun ularni payvandlashdan oldin 150-500
0
C gacha qizdirish,
so‟ngra payvandlangandan keyin termik ishlash zarur.
Cho‟yan tarkibida uglerodning ko‟pligi sababli u mo‟rt bo‟lib, po‟latlarga
nisbatan
ancha yomon payvandlanadi. Rangli metallar ularning qotishmalarining issiqlikni yaxshi
o‟tkazishi,
oson oksidlanishi, sezilarli darajada chizig‟iy kengayishi, gazlar (kislorod, azot,
vadorot) ni yutishi va boshqa xususiyatlari payvandlashda ma‟lum qiyinchiliklar to‟g‟iladi.
Dostları ilə paylaş: