158
ishlarini bajaradilar (tikuvchilik korxonalariga ekskursiya uyushtirib, о‘quvchilarni
tikuv materiallarini qirqish bilan tanishtirish mumkin); 6-7 sinfda tikuvchilik
buyumlariga ishlov berish о‘rganilgandan sо‘ng asosiy ta’limiy
vazifa
о‘quvchilarga texnologik jarayonlarni avtomatlashtirish haqida tushuncha
berishdan iborat bо‘ladi (tabiiyki, bunday payitda ekskursiya uchun avtomat liniya
yoki alohida avtomat mashinalar mavjud obyekt tanlanishi kerak).
Ekskursiya obyektlarini tanlashda qishloq joylarida mehnat ta’limi
о‘qituvchisining imkoniyati nihoyatda cheklanganini nazarda tutish kerak. Buning
ustiga ba’zan hamma ekskursiyalarni bitta korxonaning о‘zida о‘tkazishga tо‘g‘ri
keladi. Bunday hollarda mehnat ta’limi о‘qituvchisi ekskursiyalar mazmunan
takrorlanmasligi va ularga о‘quvchilarning qiziqishi
susaymasligi uchun oldindan
ustaxonalarda
ta’lim
berishning
butun
davri
uchun
о‘tkaziladigan
ekskursiyalarning rejasini tuzib oladi.
О‘qituvchi ekskursiya uchun obyekt tanlagach korxona rahbarlari bilan
kelishib oladi va ekskursiyani kim о‘tkazishi masalasini hal qiladi. Ekskursiyani
о‘qituvchining о‘zi о‘tkazsa, eng kо‘p ta’limiy samaraga erishiladi.
Chunki
о‘qituvchi mana shu tadbirning ta’limiy vazifalarini, о‘quvchilarning tayyorligi va
fan asoslariga doir bilimlarini yaqqol tasavvur etadi. Bularning hammasi unga ishni
aniq olib borish, о‘quvchilarning diqqat – e’tiborini ular uchun eng muhim
hisoblangan asosiy narsalarga qaratish imkonini beradi. Afsuski,
har bir mehnat
ta’limi о‘qituvchisi hozirgi sanoat korxonalarida о‘tkaziladigan ekskursiyalarni
boshqarishga tayyorlangan, deb bо‘lmaydi. Ana shunday
hollarda ekskursiyani
korxonaning xodimi о‘tkazib, о‘qituvchi unga avval ekskursiyaning vazifalarini
tushuntiradi.
Mehnat ta’limi о‘qituvchisi ekskursiyani olib boruvchi bilan birgalikda
ekskursiyaning marshrutini va о‘quvchilarga kо‘rsatiladigan obyektni belgilaydi.
Bunda о‘quvchilar uchun xavfsizlik masalalariga katta e’tibor beriladi. О‘qituvchi
ekskursiyani
olib
boruvchi
bilan
birgalikda
о‘quvchilarning
korxona
territoriyasidagi harakati xavfsizligini qanday ta’minlash ularni sexga qanday
joylashtirish kerakligi haqida fikrlashadi.
159
О‘qituvchi ekskursiya vaqtida о‘quvchilarning aktivligini oshirish uchun
ularga individual topshiriqlar beradi. Bu topshiriqlar turli xarakterda bо‘lishi,
masalan: muayyan detalga ishlov berish tartibini yozishdan(marshrutli
texnologik
karta tuzishdan), qator operatsiyalar bо‘yicha detal zagatovkasining eskizini
tayyorlashdan, qо‘l mehnati bilan mashinada ishlashning unumdorligini
taqqoslashdan iborat bо‘lishi mumkin.
Dostları ilə paylaş: