Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti muslimov narzulla alixanovich



Yüklə 5,28 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/179
tarix07.01.2024
ölçüsü5,28 Kb.
#207171
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   179
61c43ad4157f5 86.. Дарслик. Mehnat Ta\'limi Mundarijali - lotin

 
 
 



I BOB. MEHNAT TA’LIMI O’QITISH METODIKASI, KASB 
TANLASHGA YО‘LLASH FANI MOHIYATI, VAZIFASI VA 
METODOLOGIK ASOSLARI 
1.1.
 
Mehnat ta’limi, kasb tanlashga yо‘llash о‘qitish metodikasi fani 
va uning vazifasi 
Reja: 
1.
“Mehnat ta’limi о‘qitish metodikasi, kasb tanlashga yо‘llash” fanining 
maqsad va vazifalari 
2.
“Mehnat ta’limi о‘qitish metodikasi, kasb tanlashga yо‘llash” о‘quv fanini 
о‘zlashtirish jarayonida bakalavr egallashi kerak bо‘lgan bilim, kо‘nikma va 
malakalar yig‘indisi. 
3.
“Mehnat ta’limi о‘qitish metodikasi, kasb tanlashga yо‘llash” о‘quv fanini 
о‘qitish jarayonida ta’limning zamonaviy metodlari, pedagogik va axborot-
kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanishning о‘ziga xos jihatlari. 
4.
Buyuk mutafakkirlarning mehnat ta’limi, kasb tanlashga yо‘llash va 
tarbiyasiga oid fikrlari. 
 
Tayanch iboralar: 
Mehnat ta’limi, kasb tanlashga yо‘llash, bilim, kо‘nikma, 
malaka, mehnat qurollari, texnik vosita, didaktik material, elektron va tarqatma 
materiallar. 
1.“Mehnat ta’limi о‘qitish metodikasi, kasb tanlashga yо‘llash” fanining 
maqsad va vazifalari. 
О‘quvchilarni mehnat va kasb olamiga olib kirishning har 
xil yо‘llari orasida “Mehnat ta’limi” fani muhim о‘rin tutadi. Uning metodikasini 
takomillashtirish orqali fan uchun moddiy jihozni mustahkamlash, maktabni о‘z 
atrofidagi sanoat va qishloq xо‘jaligi sohasi bilan aloqasini mustahkamlash, 
ijtimoiy foydali, unumli mehnatni tashkil etish, uning tarbiyaviy iqtisodiy 
samaradorligini oshirish, uni ta’lim bilan qо‘shib olib borish, о‘quvchilarni 
mehnatga tayyorlashni yaxshilash bо‘yicha ishlar yо‘lga qо‘yiladi. 



Mehnat darsi maktabdagi boshqa fanlar uchun umumiy didaktik tamoyillarni 
qо‘llashda, uning о‘ziga xos xususiyatlari ham mavjud. О‘quvchilar bilish faoliyati 
bilangina emas, balki yaratish faoliyati bilan ham shug‘ullanadilar. Mehnat fanlari, 
qurollari, jarayonlari oddiy о‘rganish obyekti sifatida emas, balki о‘quvchilar 
amaliy ishlarini faollashtiruvchi kо‘rsatmalilik vositasi, didaktik material, 
ta’limning texnik vositasi sifatida xizmat qiladi. 
Fanni о‘qitishdan maqsad - о‘quvchilarni har tomonlama barkamol 
rivojlangan, hozirgi zamon ruhida tarbiyalangan, bozor iqtisodiyoti davrida ta’lim-
tarbiya ishini tashkil etish va uni amalga oshirishga oid dolzarb muammolarni 
ijobiy hal eta oladigan, milliy istiqlol g‘oyasi, milliy va umuminsoniy 
qadriyatlarimizni chuqur his etib, ularni ta’lim-tarbiya mazmuniga singdira 
oladigan shaxs - mehnat ta’limi, kasb tanlashga yо‘llash о‘qituvchisi sifatida 
shakllantirishdir. Mazkur kursning maqsadi о‘quvchilarning umumiy о‘rta ta’lim 
maktablarning 
5-9 
sinflari 
uchun 
mehnat 
ta’limi о‘qituvchisi bо‘lib 
shakllanishlarida tegishli metodik tayyorgarlik kо‘rishlarini ta’minlashda xizmat 
qiladi. 
Fanning vazifasiga quyidagilarni kiritish mumkin: 
- о‘quvchilarda pedagogik-psihologik bilimlarni umummehnat, kasb 
tanlashga yо‘llash va umumkasbiy kо‘nikma va malakalarni shakllantirish 
jarayoniga tadbiq etish;
- pedagogik–psihologik bilimlarni bevosita tanlangan sohalariga tatbiq eta 
olish va yangi pedagogik hamda axborot texnologiyalari asosida metodik 
muammolarni hal etish;
- maktablarda mehnat ta’limi va kasb tanlashga yо‘llash darslarini о‘qitishni 
tashkil etish hamda uni amalga oshirish metodikasini о‘rgatishdan iborat. 

Yüklə 5,28 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   179




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin