Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti muslimov narzulla alixanovich


“Mehnat ta’limi о‘qitish metodikasi, kasb tanlashga yо‘llash” о‘quv



Yüklə 5,28 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/179
tarix07.01.2024
ölçüsü5,28 Kb.
#207171
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   179
61c43ad4157f5 86.. Дарслик. Mehnat Ta\'limi Mundarijali - lotin

2. “Mehnat ta’limi о‘qitish metodikasi, kasb tanlashga yо‘llash” о‘quv 
fanini о‘zlashtirish jarayonida talaba egallashi kerak bо‘lgan bilim, kо‘nikma 
va malakalar yig‘indisi. 
“Mehnat ta’limi о‘qitish metodikasi, kasb tanlashga yо‘llash” о‘quv fanini 
о‘zlashtirish jarayonida amalga oshiriladigan masalalar doirasida bakalavr: 



-
mehnat ta’limi, kasb tanlashga yо‘llash yо‘nalishlari bо‘yicha ta’lim 
mazmunining uzviyligi va о‘zaro bog‘liqligi; о‘quv moddiy bazasini tashkil etilishi 
(о‘quv materiallari va moslamalar bilan ta’minlanishi); davlat ta’lim standartlarining 
ishlab chiqilish mezonlari va unga qо‘yiladigan talablarni, kasb tiplari, kasbga 
yaroqlilik, kasb tanlashga ta’sir etuvchi omillarni 
bilishi kerak;
-
о‘quvchilarning mehnat tayyorgarligi bо‘yicha о‘quv rejasi va dasturlar 
mazmunini; о‘quv jarayonini tashkil etish va mehnat ta’limi, kasb tanlashga 
yо‘llashga oid rejalashtiruvchi hujjatlarni ishlab chiqish, mehnat ta’limi, kasb 
tanlashga yо‘llash va kasb tanlashga yо‘llash darslarini olib borish 
kо‘nikmalariga 
ega bо‘lishi kerak;
- ta’lim muassasalari va ishlab chiqarish korxonalari о‘rtasida aloqalar 
о‘rnatishni bilishi, malaka hosil qilishi va amalda qо‘llay olishi; mashg‘ulotlarni 
о‘tkazish; о‘quv jarayonini rejalashtirish; tarbiyaviy tadbirlarni о‘tkazish; bandlik 
xizmati bilan ishlash; о‘quvchilarning individual xususiyatlarini aniqlash bо‘yicha 
turli testlardan foydalanish; ota-onalar va jamoat tashkilotlari bilan ishlash 
malakalariga ega bо‘lishi kerak. 
Mehnat ta’limi о‘qitish metodikasi, kasb tanlashga yо‘llash umumkasbiy fan 
hisoblanib, 6 va 7 semestrlarda о‘qitiladi. Dasturni amalga oshirish о‘quv rejasida 
rejalashtirilgan matematik va tabiiy (fizika, matematika, axborot texnologiyasi
chizmachilik, radioelektronika va h.k.), umumkasbiy (pedagogika, pedagogik 
mahorat, psihologiya, mehnat va muhandislik psihologiyasi va h.k.) va ixtisoslik 
(materiallar texnologiyasi, mashinasozlik fanlari, о‘quv ustaxonalarida amaliy 
ishlar, kasb ta’limi praktikumi fanlari, texnika xavfsizligi va h.k.) fanlaridan yetarli 
bilim va kо‘nikmalarga ega bо‘lishlik talab etiladi. 
О‘quvchilar fanni о‘zlashtirish jarayonida ishlab chiqarish bilan bog‘liq 
bо‘lgan barcha sohalar, ularda qо‘llaniladigan texnologik jarayonlar hamda ishlab 
chiqarish munosabatlari tо‘g‘risida tо‘liq tassavurga ega bо‘ladilar. Umumiy о‘rta 
ta’lim maktablarida о‘quvchilarni mehnat ta’limi, kasb tanlashga yо‘llash tarkibida 
kasbga yо‘naltirish ularning zamonaviy va milliy kasb-hunarlarni о‘zaro 
uyg‘unligini ta’minlagan holda bilim, kо‘nikma va malakalarni egallashlarini 



ta’minlaydi. Mazkur dastur bо‘lajak mehnat ta’limi, kasb tanlashga yо‘llash 
о‘qituvchilarining mehnat ta’limi, kasb tanlashga yо‘llashni о‘qitish metodikasi 
asosida kasbga yо‘naltirish ishlarini xalq xо‘jaligi tarmoqlari istiqbolini hamda 
kasb-hunar kollejlari sohalashtirilganligini hisobga olgan holda bajarishiga xizmat 
qiladi. 

Yüklə 5,28 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   179




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin