2. Mehnat ta’limi jarayonida kasb tanlashga yо‘llash.
Kasb tanlashga
yо‘llash butun pedagoglar jamoasi tomonidan hal etiladigan umummaktab vazifasi
hisoblanadi. Shu bilan birga, bu ishda mehnat ta’limi alohida о‘rinni egallaydi.
Bunga sabab shuki, mehnat ta’liminig mazmuniga qator kasblar bilan uzviy va
tizimli ravishda tanishtirish va bu tanishtirish nafaqat nazariy jihatdan, balki amaliy
jihatdan ham olib boriladi. Ma’lumki, kasblar tо‘g‘risida tasavvur ana shunday
tarzda berilgandagina u haqida tо‘liq tassavvurga ega bо‘lish mumkin bо‘ladi.
Kasb tanlashga yо‘llash ishi butun mehnat ta’limi davomida olib boriladi,
lekin uning vazifalari о‘zining turli bosqichlarida о‘zgarib turadi.
5-7-sinflarda asosan kasb haqida ma’lumot beriladi. О‘quvchilar qanday
kasblar borligi, uning tiplari bilan tanishadilar. Bu kasblarning elementlari
о‘quvchilarning ustaxonadagi faoliyati mazmunini tashkil etadi. Bu hol
о‘qitishning shu davrida о‘quvchilarni umummehnat tayyorgarlik vazifasiga tо‘la
mos keladi.
6- sinfda va ayniqsa, 7-sinfda kasb tо‘g‘risida ma’lumot berish bilan bir
qatorda mehnatda tarbiyalash ishlari ham olib boriladi. Bunga sabab shuki, 7-sinfni
bitirish
arafasida
о‘quvchilar
bо‘lg‘usi
mehnat
tayyorgarligining
sohasi(yо‘nalishi)ni tanlab olishlari zarur. Har bir soha bо‘yicha kо‘plab ommaviy
kichik mutaxassislar kasblarini о‘z ichiga oladi. Bular ustaxonadagi
mashg‘ulotlarning mazmuni bilan izchil aloqada bо‘lgan kasblar bо‘lishi
(masalan,
15
metallga va yog‘ochga ishlov berish texnologiyasiga oid kasblar)
yoki ular bilan
hech qaday aloqador bо‘lmagan kasblar (chunonchi, suvoqchilik, buyoqchilik va
shu kabi qurilish kasblari) bо‘lishi mumkin.
Mehnat tayyorgarligining sohani tanlashda kо‘pincha munozarali vaziyatlar
vujudga kelib, bu munozarada о‘quvchilarining ota-onalari ham ishtirok etishlari
mumkin. Mehnat tayyorgarligining ayrim sohalari gо‘yo e’tiborsizdek tuyulib,
hech kim bu kasbni tanlashni xohlamaydi. Boshqa sohalarga esa, aksincha,
keragidan kо‘proq о‘quvchilar qiziqib qolishadi.
Amalda uchraydigan barcha kasblar bilan о‘quvchilarni tanishtirib
chiqishning imkoni yо‘q, albatta. Lekin kо‘pgina kasblar inson oldiga qator
umumiy talablarni qо‘yadi. О‘smirlarni ana shu talablar bilan tanishtirib ular
haqidagi tasavvurini kengaytirish mumkin. Masalan, keyingi vaqtda jismoniy
mehnatning ma’naviy saviyasi ortayotganligi kuzatilmoqda. Aqliy mehnat
faoliyatiga qо‘yiladigan talablar tobora ortib bormoqda. Mehnat jamoasida о‘zini
tutishiga nisbatan ham yuqori talablar qо‘yilmokda. Shuni hisobga olib, kasb
tanlashga yо‘llash ishini shunday tashkil qilish mumkinki, о‘quvchilar faqat
muayyan kasblar tо‘g‘risida tasavvur olibgina qolmasdan, mehnat faoliyatiga
nisbatan
qо‘yiladigan umumiy talab tо‘g‘risida ham tasavvurga ega
bо‘layotganliklarini anglaydigan bо‘lishsin.
Kasb tanlash juda muhim masala bо‘lib, kо‘pincha о‘quvchilar uni mustaqil
hal qila olmaydilar. Bu masalada ularga maktab yordam berishi kerak. Kо‘pincha
sinf rahbari har bir о‘quvchiga kartochka tutib, о‘quvchining u yoki bu о‘quv fanga
munosabati, kasbga bо‘lgan qiziqishi, о‘qishdagi muvaffaqiyatlari, shaxsiy
fazilatlari haqida о‘qituvchilar aytgan ma’lumotlarni shu kartochkaga yozib boradi.
Bu esa о‘quvchining nimalarga qiziqishini aniqlashga imkon beradi. Agar
о‘quvchining qiziqishlari barqaror bо‘lsa, sinf rahbari о‘quvchida u tanlamoqchi
bо‘lgan kasb uchun zarur alomatlar bor-yо‘qligini aniqlashga kirishadi.
О‘quvchining sog‘lig‘i u tanlagan kasb talablariga tо‘g‘ri kelmaydigan hollar ham
uchraydi. Bu masalani vrach hal qiladi. Shundan sо‘ng о‘qituvchilar о‘quvchining
ota-onasi bilan suhbatlashib, bolani boshqa kasbga qiziqtirishga harakat qiladilar.
16
Lekin bu ishni xushmuomalalik, ehtiyotkorlik bilan bajarish lozim, aks holda
о‘smirning kо‘ngli chо‘kishi, о‘zini tо‘laqonli odam emasdek his etishi mumkin.
О‘quvchilar о‘zlariga kasb tanlayotganlarida о‘qituvchilar о‘z ta’sirini
о‘tkazishga haddan tashqari intilmasliklari kerak. Bu о‘rnida juda ehtiyot bо‘lish
va о‘quvchilar ushbu kasbga chindan ham qiziqadilarmi yoki bu qiziqish tasodifiy
qiziqishmi, aniqlab olish lozim.
Kasb tanlashga yо‘llash ishini olib borishda maktabning haqiqiy ish
sharoitlarini hisobga olish darkor. Mamlakatimiz turli tumanlarining ishlab
chiqarish bazasi bir xilda emas. Masalan, agar gap ya’ni dam olish maskaniga
yaqin joylashgan shahar haqida boradigan bо‘lsa, о‘quvchilarning kо‘pchilik qismi
kelgusida aholiga xizmat kо‘rsatish sohasida ishlash kerakligini e’tiborga olishga
tо‘g‘ri keladi. Tuman iqtisodiyoti mehnat bilan ta’minlash imkoniyatlarini kо‘p
jihatdan belgilab beradi. Biroq insonning individual xususiyatlari ham, odatda,
qator kasb talablariga javob beradi, о‘quvchilarning qiziqishlarini esa shakllantirish
mumkin. Shunday qilib, kasb tanlashga yо‘llash ishini davlatning u yoki bu kasbga
bо‘lgan ehtiyojlarini va о‘quvchilarning qiziqishlarini hamda ishtiyoqlarini
e’tiborga olgan holda olib borish mumkin.
Kasb tanlashga yо‘llash ishida 8-9-sinflar alohida о‘rinni egallaydi. Bunda bir
tomondan kasb tanlashga yо‘llash ishi bevosita mehnat darslarida davom etib,
о‘quvchilar о‘zlari tanlagan mehnat tayyorgarligi sohasi tarkibiga kiruvchi kasblar
tо‘g‘risida tasavvur olishadi, ya’ni kasbga intilish gо‘yo “torayib boradi”. Boshqa
tomondan esa “Ishlab chiqarish asoslari”, “Kasb tanlash” maxsus fanlarini
о‘rganish jarayonida о‘quvchilarni xalq xо‘jaligining asosiy kasblari va
ixtisosliklari bilan tanishtirish yuzasidan tizimga solingan kasb tanlashga yо‘llash
ishi boshlanadi. Mazkur fanda mehnat darslarida, fan asoslari о‘rganiladigan
darslarda о‘quvchilar kasblar tо‘g‘risida olgan bilimlar umumlashtiriladi.
Shunday qilib, 8-9- snnflarda ma’lum darajada qarama-qarshi vazifa
qо‘yiladi. О‘quvchi kengaytirilgan mehnat ta’limini о‘tib qator о‘xshash kasblar
elementlarini
(masalan, metallga ishlov berish uchun slesarlik, tokarlik, frezerlik
ishi)
о‘zlashtirib oladi. Buning natijasida u boshlang‘ich kasb tayyorgarligini oladi
17
va uni kasb-hunar kollejlarida davom ettirishi zarurdek tuyuladi. Ayni paytda
о‘quvchi oldida kasblar dunyosi birinchi marotaba tizimga solingan holda tо‘liq
ochib beriladi, gо‘yo ulardan hohlaganingni tanlab ol, deyilgandek bо‘ladi. Kasb
tanlash erkinligi ana shu kо‘rinishdagi ziddiyatda namoyon bо‘ladi. 9-sinfda
о‘quvchi о‘zi avval tanlagan kasbdan aynib, mehnat ta’limining butunlay boshqa
yо‘nalishini ixtiyoriy qilib olishi ham mumkin. Demak, о‘quvchi faqat 9-sinfda
biror kasbni tanlash haqida uzil-kesil qarorga kelishi mumkin. Lekin bu bilan kasb
tanlashga yо‘llash ishi tugaydi yoki bо‘shashtirib yuboriladi, deyish xato bо‘ladi.
Aksincha, bu ish endi yanada ta’sirchan bо‘lishi lozim, ammo uning maqsadi
о‘zgaradi, endi birinchi rejani tanlagan kasbga muhabbat uyg‘otish egallaydi. Kasb
tanlashga yо‘llash ishining butun mazmuni, formalari va metodlari ana shu
maqsadga qaratiladi.
Yuqorida aytilganlardan, mehnat ta’limi jarayonida kasb tanlashga yо‘llash
ishi bir necha bosqichdan о‘tib, bu bosqichlarning har birida о‘z vazifalari hal
etiladi, degan xulosani chiqarish mumkin. Bunda kasb tanlashga yо‘llash ishi,
boshqa har qanday о‘quv-tarbiya ishi kabi, ikki yoqlamali jarayondan iborat bо‘lib,
bu jarayonda о‘qituvchiga ham, о‘quvchiga ham teng darajada ahamiyat ajratiladi.
Shuning uchun kasb tanlash ishiga nisbatan qо‘yiladigan eng muhim talab —
о‘quvchilarning yuqori darajada faol bо‘lishi lozimdirki, bu faollik kasbiy tarbiya,
kasb tanlash negizlarini shakllantirish hisobiga ta’minlanadi. Mehnat о‘qituvchilari
kasbiy tashxis hamda kasbiy konsultatsiyaga tayyorgarlik kо‘rgan bо‘lsalar va bu
ishni о‘z vaqtida о‘tkazsalar, о‘quvchilarning faolligi ortadi.
Dostları ilə paylaş: |