9
ustaxonalarida ta’lim-tarbiya jarayonini muvaffaqiyatli olib borishda yordam
beradigan metodik vositalar tizimi sifatida о‘rganilishi lozim.
Pedagogika fanining tarmog‘i sifatida “Mehnat ta’limi о‘qitish metodikasi,
kasb tanlashga yо‘llash” kursi oldiga quyidagi asosiy tadqiqot vazifalari qо‘yiladi,
ya’ni mehnat ta’limi vazifalarini asoslash, ularning tarbiyaviy va ta’limiy
ahamiyatini ochib berish.
Mehnat ta’limi vazifalarini belgilashda О‘zbekiston
Respublikasi Oliy
Kengashi qabul qilgan «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi», Vazirlar Mahkamasi
tomonidan chiqarilgan qarorlar metodologik asos bо‘lib xizmat qiladi.
Mehnat ta’limi о‘quvchilar shaxsini har tomonlama kamol topishiga,
mehnatning turmush bilan aloqasini mustahkamlashga, о‘quvchilarda
ongli
dunyoqarashni shakllanishiga, ularni xalk xо‘jaligida mehnat qilishga va asosiy
ravishda kasb tanlashga tayyorlashda yordam beradi.
“Mehnat ta’limi о‘qitish metodikasi, kasb tanlashga yо‘llash” fani ustaxonada
о‘tkaziladigan mashg‘ulotlar bilan boshqa о‘quv fanlarini (ijtimoiy-siyosiy, tabiiy
va matematik) о‘qitishning о‘zaro didaktik bog‘likligini ochib beradi, shuningdek,
boshlang‘ich, о‘rta va yuqori sinflardagi mehnat ta’limining izchilligini ta’minlash
yо‘llarini kо‘rsatadi.
Mehnat ta’limi jarayonida о‘quvchilarda mehnatga muhabbat,
jismoniy
mehnat kishilariga hurmat va shaxsning boshqa axloqiy sifatlari shakllanishiga
imkon beradi.
Dostları ilə paylaş: