28
Mehnat ta’limida qо‘llaniladigan asosiy didaktik tamoyillarni о‘rganilar ekan,
uning о‘zi nimadan iborat ekanini oydinlashtirish zarur. Didaktika tamoyillari
deganda ta’limning asosini yagona didaktik aniq asosga ega bu tamoyillar ijtimoiy
taraqqiyot talablariga javob beradi, psihologiyadan olingan tadqiqot ma’lumotlari
ilgor pedagogika tajribalarini hisobga oladi.
Mehnat ta’limi tamoyillarini bayon qilishda ularni juftlab о‘rganish tamoyilni
tо‘g‘ri deb hisoblash kerak. Shunday qilinganda mehnat ta’limi
didaktikasining
ayrim tamoyillari о‘rtasidagi muayyan obyektiv mavjud aloqani kо‘rsatishga
imkoniyat tug‘diradi.
Chunonchi, mehnat ta’limining onglilik, izchillik, faollik, ta’lim
berishning
puxtaligi kabi didaktik tamoyillariga alohida ta’rif berganda, ular о‘rtasidagi ta’sir
qiladigan aloqani belgilab bо‘lmaydi. Aksincha, agar mehnat ta’limining didaktik
tamoyillari juft tarzda ularning asosiy qoidalarning birligi nuqtai nazaridan kо‘rib
chiqilsa u holda mazkur tamoyillarning tizimi quyidagicha bо‘lishi mumkin:
mehnat ta’limining ongliligi va faolligi, muntazamligi va abstrakligi о‘quv tarbiya
maqsadlariga qaratilgan. Unumli mehnat asosida ta’lim berishda mehnat ta’limi
о‘qituvchisi
shuni unutmasligi kerakki, о‘quv ustaxonalaridagi amaliy
mashg‘ulotdagi harakatda yuqorida sanab о‘tilgan mehnat tamoyillaridan bitta yoki
bir nechtasi bо‘ladi.
Dostları ilə paylaş: