25
2-bosqich
. Eksperimental-diagnostik bosqichida о‘quv-tarbiya
jarayonining
mexanizmi, xossalari, о‘ziga xos qarama-qarshiliklari,
jarayon rivojlanishining
sifat belgilari, tezligi, shiddatkorligi, darajalari о‘rganiladi.
Bu bosqichda hisobga olish eksperimenti bilai bir qatorda anketalash,
suhbatlar, о‘z-о‘zini baholash, reyting baholash, shkalalash, ranglash kabi metodlar
orqali dastlabki sinov shakllantirish eksperimentlari о‘tkaziladi.
3-bosqich
. Tajriba eksperimental bosqichida nazariy va metodik ishlanmalar,
yangi darslik о‘quv qо‘llanmalari, о‘qitishning yangi izchil metodlari tekshirib
kо‘riladi va tegishli aniqliklar kiritiladi.
4-bosqich
. Yakunlovchi umumlashtirish bosqichi hisoblanadi.
Tadqiqot
natijasida olingan natijalar yana bir bor tizimga solinadi, ishlab chiqiladi,
kerak
bо‘lgan hollarda ilmiy-tadqiqot natijasida olingan metodik yо‘riqnomalar,
xulosalar qaytadan tekshirib kо‘riladi yoxud о‘quv yurtlari amaliyotida bevosita
qо‘llab kо‘rilib, tegishli xulosalar olinadi.
Dostları ilə paylaş: