Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti muslimov narzulla alixanovich



Yüklə 5,28 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə17/179
tarix07.01.2024
ölçüsü5,28 Kb.
#207171
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   179
61c43ad4157f5 86.. Дарслик. Mehnat Ta\'limi Mundarijali - lotin

Ta’limda tizimlilik va izchillik.
Tizimlilik va izchillik ta’limda ma’lum 
mantiqiy izchillik bо‘lish zarurligini bildiradi, chunki bilimlar vorislik xarakteriga 
ega. Ular о‘zidan oldingi materialiga asoslanadi. Bilim olishdagi tizimlilik nazariya 
va amaliyot bilan bog‘liq bо‘lgan xilma-xil usullarni qо‘llashni taqozo etadi. 
Chunonchi:
a) 
olinayotgan 
bilim 
bilan 
о‘quvchilarning shaxsiy tajribasi va 
kuzatishlarining aloqasi;
b) nazariya bilan amaliyotning aloqasi (korxonalarga ekskursiya);
v) turli masalalarni hal qilish, nazariy hamda amaliy xarakterdagi vazifalarni 
bajarish, texnologik hujjatlarni ishlab chiqarish;
g) korxona, qurilish va qishloq xо‘jaligida ishlab chiqarish amaliyoti. 
Bilimlarni tizimli bayon qilish о‘quv materialini qismlarga bо‘lib о‘rganish 
ya’ni materialni о‘tilgan material bilan bog‘lash, asosiylarini ajratish, о‘quvchilarni 
tahlil qilishga о‘rgatish, о‘rganilganlarni tizimga solib umumlashtirish demakdir. 
Bilimlarni mavzular va fanlar bо‘yicha tizimga solish uchun katta-katta bо‘limlar 
va alohida fanlar bо‘yicha takrorlash, о‘quvchilar bilimi, malaka va kо‘nikmalarini 
butun о‘quv yili davomida muntazam ravishda hisobga olib borish zarur. Har bir 
о‘quv fani ichidagi aloqalar tizimi bilan bir qatorda quyidagi hollarda 
foydalaniladigan fanlararo aloqani ta’minlash lozim. 
Material bayonidagi, malaka va kо‘nikmalarni egallashdagi izchillik о‘quv 
fani hamda о‘quv jarayonining mantiqidan kelib chiqadi. Agar о‘quvchilar bilim, 
malaka va kо‘nikmalarni qat’iy izchillik asosida egallasalar ulardan oson va yengil 
foydalana biladilar, unutganlarini qayta esga tushira oladilar. О‘quvchilarga ishlab 
chiqarish ta’limi berish jarayonida о‘rganilayotganlarni tizimlashtirish ya’ni 
о‘rganilgan operatsiyalar, ish turlari о‘rtasida zaruriy aloqa о‘rnatish lozim.
Demak, fan dasturidagi materiallarni muntazam bayon qilish uning bо‘lim va 
mavzularini muayyan izchillikda о‘rganish, yangi materialni о‘tilgan darslar bilan 
bog‘lash, asosiy qoidalarni alohida ta’kidlash, о‘quvchilarni faktlarni tahlil qilish 
va о‘zlashtirilgan bilimlarni о‘zlashtirishga о‘rgatish demakdir. Masalan, keskin 
geometriyasini va kesish jarayonining keskich burchaklariga bog‘liqligini 


33 
о‘rganish о‘quvchilar uchun uncha qiyin bо‘lmaydi. Chunki ular kesish vaqtida 
qirindi hosil bо‘lish jarayoni bilan, zubilo, iskana, dastarra tasmasi, tunika qaychi 
va hokazo asboblarning geometriyasi bilan avval tanishganlar. 

Yüklə 5,28 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   179




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin