Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti muslimov narzulla alixanovich



Yüklə 5,28 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə16/179
tarix07.01.2024
ölçüsü5,28 Kb.
#207171
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   179
61c43ad4157f5 86.. Дарслик. Mehnat Ta\'limi Mundarijali - lotin

3. Mehnat ta’limi tamoyillari.
Ta’lim va tarbiya birligi - 
ta’lim jarayonida 
о‘quvchilarni tarbiyalash sodir bо‘ladi. Masalan: gazlamadan biror buyumni 
bichishni о‘rgatishda, buyumni bichish bо‘yicha bilimlar, kо‘nikmalar va 
malakalar hosil qilish bilan birga gazlamadan tejamkorlik bilan foydalanshini 
о‘rgatish bilan iqtisodiy tarbiya shakllanadi. Yoki tikuv buyumiga moslab bezaklar 
tanlab, sifatli tikishni о‘rgatish bilan о‘quvchilarda badiiy tarbiya, tikuv 
mashinasida о‘tirib tikayotganda tikuv mashinasiga qarash, sozlangan mashina 
bilan ishlash, ish kiyimiga qarash, ish joyini batartib bо‘lishiga e’tibor berish orqali 
axloqiy tarbiya shakllanadi. Kasb ta’limi jarayonida о‘tilayotgan katta va kichik 
mavzularning mazmunidan kelib chiqadigan tarbiyaviy tomonlarini tо‘g‘ri 
belgilash va uni ta’lim bilan birga bir butunlikda amalga oshirishni ta’minlash juda 
muhim va hal qiluvchi ahamiyatga ega.
Ilmiylik tamoyili. 
О‘quvchilar mehnat ta’lim darslarida olgan texnik bilimlar 
mehnat kо‘nikmalari va malakalari tom ma’nosi bilan ilmiy xususiyatiga ega 
bо‘lish kerak. 
Ilmiylik tamoyili. о‘quvchilarga amalda sinalgan, ilmiy jihatdan tо‘g‘ri, 
fanning eng yaxshi yutuqlarini hisobga olgan texnik ma’lumotlarni berishni kо‘zda 
tutadi. Demak, ilmiylik tamoyilini amalga oshirish о‘quvchilarga ilmiy asoslangan, 
tajribada sinalgan, fanning eng yangi yutuqlarini hisobga olgan texnikaviy 
ma’lumotlarni yetkazishdir. Mehnat ta’limi о‘qituvchisi mashg‘ulotlarni olib 
borish jarayonida beriladigan ma’lumotlarda sof ilmiy terminlardan foydalanishi, 
fanda qabul qilingan ramziy belgilar, formulalar, о‘lchamlarni qо‘llashi lozim. 
Mehnat ta’limi jarayonida о‘quvchilar har xil materiallarga ishlov berish, andoza 
tayyorlash, modellashtirish ishlarini bajaradilar. Bunda о‘quvchilarda faqat 
kо‘nikma va malaka hosil bо‘lib qolmay, balki ularda о‘rganayotgan mehnat 
operatsiyalarining ilmiy asoslari haqida tushunchalar hosil bо‘ladi. Masalan: biror 


31 
buyumni modellashtirish uchun о‘quvchilar eng avval modellash elementlari 
bо‘yicha ilmiy ma’lumotga ega bо‘lishi kerak. 
Mazkur ilmiylik tamoyili talablariga binoan о‘quvchilar mehnat darslarida 
stanoklar, uskunalar, mexanizmlar, mashinalar, asboblar, moslamalarning yangi 
namunalari bilan ishlab chiqarishda ishlatiladigan materiallarning eng yangi 
markalari bilan ilg‘or texnologik jarayonlar va mehnatni ilmiy tashkil qilish bilan 
tanishtirilishi kerak. Agar buni maktab ustaxonalarida amalga oshirib bо‘lmasa, u 
holda ishlab chiqarish korxonalariga bir necha marta ekskursiyalar uyushtirib 
bajarish mumkin. Mehnat ta’limi о‘quvchisi ilmiylik tamoyili talablariga amal 
qilib, о‘quv ustaxonalaridagi mashg‘ulotlarda faqat ilmiy atamalardan, fanda qabul 
qilingan ramziy belgilar, formulalar, о‘lchash va hokazolardan foydalanish kerak. 
Maktab ustaxonalaridagi mehnat ta’limi, uning mazmuni ya’ni mashina, 
mexanizm, asboblarning tuzilish va ishlash tamoyillariga oid texnik ma’lumotlar, 
shuningdek, amaliy topshiriqlarni bajarish texnologik jarayonlari, mehnat usullari 
umumiylik va xususiylikning birligi sifatida qarab chiqilganda ilmiy texnologik, 
politexnik xususiyat kasb etadi. Shu bilan birga mehnat jarayonining boshqa 
texnik-texnologik obyektlari va elementlariga xos umumiy qonuniyatlar 
belgilanishi, ularning ilmiy-texnik va ruhiy-fiziologik asosi tushuntirib berilishi 
zarur. Chunonchi, metal qirqish stanoklari va yog‘och ishlash asboblarini о‘rganish 
vaqtida, tikuv mashinasida ishlashda ayni bir xil uzellar, uzatish mexanizmlari, 
qirqish asboblarining tuzilishi va vazifasi о‘rganiladi. Yog‘och (rejalash, 
iskanalash, arralash, randalash) va metallarga ishlov berish (rejalash, qirqib 
tushurish, kesish, arralash va hokazo), hamir tayyorlash, gо‘shtni qovurish, 
dimlash paytidagi mehnat jarayonlarini о‘rganishda mehnat usullari, mehnatni 
tashkil qilish, asboblar, konstruksiyalar kabilarda kо‘pgina umumiy tomonlar 
mavjud. Bundan tashqari mehnat ta’limi о‘qituvchisi о‘z darsida о‘quvchilarning 
fan asoslari bо‘yicha (tabiatshunoslik, fizika, kimyo, matematika, chizmachilik va 
hokazolardan) ongli bilimlardan bajariladigan obyektlarning (texnikaviy qurilma, 
model, maket va boshqalarning) tuzilishi, ishlash tamoyili va hokazolarda, 
tayyorlash texnologiyasini asoslashda foydalanish kerak. 


32 

Yüklə 5,28 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   179




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin