Hadis ilmining paydo bo’lishi va uning tarbiyaviy ahamiyati



Yüklə 0,63 Mb.
tarix27.09.2023
ölçüsü0,63 Mb.
#149815
ERGASHEVA MUNIRA

KIUT TOSHKENT KIMYO XALQARO UNIVERSITETI NAMANGAN FILIALI

  • PREP 22 US guruh talabasi
  • ERGASHEVA MUNIRA
  • INGLIZ TILI FANI

Hadis ilmining paydo bo’lishi va uning tarbiyaviy ahamiyati

Reja:

  • Imom at-Termiziyning hadis ilmi haqida
  • Imom at-Termiziyning “ Sunan Termiziy “ kitobidagi hadislarning tarbiyaviy ahamiyati

Hadis

  • Hadis (arabcha: xabar, gap, yangilik) — Muhammad (s.a.v) aytgan soʻzlari, qilgan ishlari, iqrorlari toʻgʻrisidagi rivoyat. Islom dinida Qurʼondan keyin 2-manba hisoblanadi. Hadis 2 qismdan iborat boʻladi: matn va isnod. Hadis 2 turga — hadisi qudsiy (maʼnosi Alloh taoloniki, aytilishi rasululloh tomonidan boʻlgan hadislar) va hadisi nabaviyga boʻlinadi. Hadislar eʼti-borga olinishi jihatidan 3 qismga boʻlinadi:
  • 1) sahih (ishonchli);
  • 2) hasan (yaxshi);
  • 3) zaif.

Hadis

  • Qurʼonda barcha huquqiy va axloqiy masalalar umumiy tarzda bayon etilgan. Ularga aniqlik kiritish va izohlash uchun Muhammad (s.a.v) oʻz hadislarini aytardi. Bu hadislarni paygʻambarlarning safdoshlari yodda saqlashga harakat qilardi. Paygʻambar vafotidan soʻng hadislarni naql qilish odat tusiga kirdi. Shu munosabat bilan bir guruh musulmonlar uni yozma shaklda toʻplay boshladilar. Birinchi hadis kitobini Ibn Shihob az-Zuhriy yozdi. Undan keyin birin-ketin hadis toʻplamlari tasnif etila boshladi. Lekin bu toʻplamlar muayyan tartibga solinmagan, boblarga ajratilmagan boʻlib, ularda paygʻambar hadislari bilan sahobalar va tobeʼinlarning fatvolari chalkashtirib yuborilgan edi.

Hadis ilmi

  • Davr oʻtishi bilan hadislar tanlanib, muhim deb hisoblanganlari bir tizimga solina boshladi. 9— 10-asr boshlarida dindorlar orasida eng ishonchli deb tanilgan hadisning 6 ta toʻplami vujudga kelgan. Bular: „Sahihi Buxoriy“, „Sahihi Muslim“ (q. Muslim ibn Hajjoj), „Sahihi Termiziy“, „Sunani Abi Dovud“, „Su-nani Ibn Moja“, „Sunani Nasoiy“. „Sahihi Buxoriy“ koʻproq eʼzozlanadi. Bu 6 ta hadis toʻplamini tuzgan muhaddislardan 2 tasi movarounnahrlik, 4 tasi esa xurosonlik boʻlgan. Hadislar toʻplami sunna deb nom olgan. Hadislarni yigʻuvchi, sharhlovchi, targʻib etuvchi shaxslar muhaddis deb atalgan.

Sahihi Termiziy

  • "SAHIHI TERMIZIY", "Sunani Termiziy" — 6 ta ishonchli hadis toʻplamidan biri. Abu Iso Muhammad Termiziy yozgan. "alJomiʼ assaqih" ("Ishonarli toʻplam"), "alJomiʼ ulkabir" ("Katta toʻplam") nomlari bilan ham yuritiladi. "S.T." Termiziyning 20 y. davomida oʻzga yurtlarda hadislarni oʻrganib, yigʻib, soʻng ustozi va zamondoshi Buxoriy bilan maslahatlashib yiqqan toʻplamidir. U tartibi eng ixchamligi, takrori eng ozligi bilan ajralib turadi. Unda boshqa hadis kitoblarida uchramaydigan xususiyatlar bor. Chunonchi, har bir bobning hadisi zikr qilingandan keyin, xuddi shu bobga tegishli hadis rivoyat qilganlarning ismlari sanab oʻtiladi; fiqhiy masalalarda faqixlarning fikrqarashlari zikr qilinadi; har bir hadisning ishonarlilik va zaiflik darajasi aniqlab beriladi va "sahih" ustiga "hasan" belgisi ("juda sahih", "beshak sahih" maʼnosida) kiritiladi. "S.T." kitobida Imomi Aʼzam mazhabi jihatlari eʼtiborga olingan. 6 jilddan iborat "S.T." 1jildining oʻzbekcha tarjimasi 1999-yil Toshkentda nashr etildi.

E’tiboringiz uchun rahmat!
Yüklə 0,63 Mb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin