rejaga m os kelm asligi, ya’ni voqea, kuzatishlarni bayon etishda izchil- likning buzilishi kiradi. Inshoga tayyorgarlik vaqtida o'quvchilar kuzatish, material to'plash, dalillarni tanlashda tartibsiz, rejasiz ish tutsalar, hikoyani qanday boshlash, keyin nimalar haqida yozish va uni qanday tugatishni aniq ko'z oldilariga keltira olmaydilar, natijada kom pozitsion xatoga yo'l qo'yadilar. Bunday xato hikoya m azm unini to'liq qamrab ololm aslik, materialni o'z o'rniga joylashtira olm aslik natijasidir. Inshoni rejali, izchil yozish ko'nikm asi murakkab ko'nikm a bo'lib, u o'quvchilarda m untazam bajariladigan mashqlar yordamida asta shakllana boradi. M antiqiy xatolar: 1. Tasvirlanayotgan voq ea-h od isa uchun zarur bo'lgan so'z, ba’zan zarur lavha, dalil tushirib qoldiriladi. Bunday xatoning sababini tu shunish uchun o'quvchining insho yozish vaqtidagi ruhiy holatini kuzatish talab etiladi. U sekin yozadi, am m o ishga berilib ketib, tez fikrlaydi, y a ’ni u hikoya m azm unini biladi, am m o tez fikrlash va sekin yozish natijasida ayrim o'rinlar yozuvda aks etm ay qoladi. 2. M antiqiy izchillik buziladi. M asalan, Z a v o d d a p a x t a d a n i p y i g i r i l c i d i . T e r i m c h i p a x t a n i p a x t a t e r i s h m a s h i n a s i d a t e r a d i . Bunday m antiqiy xatolarni o'quvchilar matnni qayta o'qish va tahlil qilish jarayonida oson to'g'rilaydilar. X atolarni to ‘g ‘rilash va ularning oldini olish
O'quvchilar yo'l qo'ygan xatolarni guruhlash, ulam ing turlarini aniqlash va har bir xatoning kelib chiqish sabablarini o'rganish asosida nutqqa oid xatolarni to'g'rilash va ulam ing oldini olish tizim i ishlab chiqiladi: www.ziyouz.com kutubxonasi