3
KIRISH
O‘zbekiston Respublikasi uchun jahon hamjamiyatida munosib o‘rinni
egallash, raqobatbardosh milliy iqtisodiyotni shakllantirish va uning barqaror
rivojlanishini ta’minlashni ustuvor vazifalardan hisoblanadi. Mamlakatimiz
iqtisodiy salohiyatining tobora yuksalib borayotgani, so‘nggi yillarda ishga
tushirilgan yangi zamonaviy quvvatlar, ishlab chiqarish va ijtimoiy infratuzilmaning
rivoji, tizimli ravishda amalga oshirilayotgan islohotlar va iqtisodiyotning
erkinlashtirilishi, respublikamizda yaratilgan nihoyatda qulay investitsiya muhiti
asosiy rivojlanish omillar ekanligini ko‘rish mumkin.
Iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida o‘zgarib turuvchi raqobat muhiti
va bozor sharoitlarini ilg‘ab olish, ularning mohiyati hamda qonuniyatlarini chuqur
tahlil qilishda ekonometrik usullar va modellardan foydalanish yordamida
makroiqtisodiy indikatorlarni prognozlash, tavakkalchilik va noaniqlik sharoitida
optimal iqtisodiy qarorlar qabul qilish, keyinchalik, bu qarorlar bajarilishini
kompyuter orqali monitoring qilish masalalarining nazariy va amaliy tomonlarini
o‘rganishda “Ekonometrika asoslari” fani muhim ahamiyat kasb etadi.
“Ekonometrika asoslari” fani matematik va tabiiy-ilmiy fanlar blokiga
kiritilgan kurs hisoblanib, 3-kursda o‘qitilishi maqsadga muvofiq.
“Ekonometrika asoslari” fani ekonometrik modellashtirish, ekonometrik
modellar, korrelyatsion-regression tahlil, ko‘p omilli ekonometrik model,
ekonometrik modellarni baholash, tenglamalar tizimi ko‘rinishidagi ekonometrik
modellarni, iqtisodiy ko‘rsatkichlarni prognozlashni hamda vaqtli qatorlar
nazariyasini o‘rganadi.
Dostları ilə paylaş: