4
–
ijtimoiy-iqtisodiy tizimlarni tasvirlashda ekonometrik usullardan, “eng
kichik kvadratlar” usullari va trend modellaridan foydalanishni, iqtisodiy o‘sish
modellarini tuzishni o‘rgatish;
–
maxsus kompyuter texnologiyalari asosida ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarni
modellashtirishni o‘rgatishdan iborat.
Fanning o‘quv rejadagi boshqa fanlar bilan o‘zaro bog‘liqligi
va uslubiy jihatdan uzviyligi
Fanning o‘quv rejasidagi fanlar bilan bog‘liqligi
“Ekonometrika asoslari” o'quv fani asosiy ixtisoslik fani hisoblanib,
4-5-semestrda o'qitiladi. Dasturni amalga oshirish o'quv rejasida rejalashtirilgan
matematik va tabiiy (iqtisodchilar uchun oliy matematika, ehtimollar nazariyasi va
matematik statistika, matematik dasturlash va optimallashtirish nazariyasi, iqtisodiy-
matematik usullar va modellar), umumkasbiy (mikroiqtisodiyot, makroiqtisodiyot,
statistika, menejment, marketing, bank ishi, personalni boshqarish, bojxona ishi va
h.k.) va ixtisoslik (tahlilning matematik usullari va bashorat qilish, matematik
modellashtirish) fanlaridan etarli bilim va ko'nikmalarga ega bo'lishlik talab etiladi.
Dostları ilə paylaş: