Fanning ishlab chiqarishdagi o‘rni Ishlab chiqarishni samaradorligini oshirish sog‘lom va xavfsiz mehnat
sharoitlarini yaratish bilan uzviy bog‘liqdir. Sog‘lom va xavfsiz mehnat sharoitlari
yuqori ish qobiliyatini ta’minlaydi, xodimlarni normal asabiy fiziologik holatini
saqlaydi, ularning ijtimoiy faolligini oshiradi. Bundan tashqari, mehnat sharoitlari
mehnatning sifati va unumdorligi, mehnat resurslaridan samarali foydalanishga
bog‘liq. "Hayot faoliyati xavfsizligi va ekologiya" fani insonning ishlash jarayonida
sog‘ligini va ish qobiliyatini saqlash omillarini aniqlaydi.
Fanni o‘qitishda zamonaviy axborot va pedagogik texnologiyalar Fanni o‘qitishda innovatsion pedagogik texnologiyalar, jumladan quyidagi
interaktiv uslublardan, jumladan muhokama-munozara, jamoaviy muhokama yoki
muammolar ruyxatini tuzish, vaziyatni o‘rganish, tahlil qilish, bahs yoki
munozaralar olib borish, tanqidiy fikrlash, rolli o‘yinlar, kichik guruhlarda ishlash,
aqliy hujum, klaster (tutam, bog‘lam), baliq skeleti, ajurli arra, FSMU, bumerang,
skarabey, kaskad, Veer, pinbord, “T-sxema”, “delfi”, “blits-so‘rov”, “Nima uchun?”
texnologiyalari, ma’ruza-anjuman texnikasi, BBXB (Bilaman, bilishni xohlayman,
bilib oldim), konseptual va insert jadvallaridan keng foydalaniladi.
Fan buyicha ma’ruza matnlarini tayyorlashda chet mamlakatlar, jumladan Hamdustlik
mamlakatlarida yangi chop etilib. "Internet" tizimi orkali tarqatilgan elektron
darsliklar, o‘quv qo‘llanmalar va ma’ruza matnlaridan foydalaniladi. SHuningdek,
ma’ruzalarni o‘tishda elektron ma’ruzalardan, mavzularga mos multimediali slaydlar
va videofilmlardan foydalanish ko‘zda tutiladi.
Amaliy mashg‘ulotlarda elektron mashqlar va masalalar to‘plamlaridan,
kompyuterlar yordamida fan buyicha kompyuter o‘yinlari, test savol-javoblari,
laboratoriya mashg‘ulotlarida esa qurilmalar va jihozlarning hamda texnologik
5
jarayon kechishining kompyuterdagi elektron modellaridan, virtual laboratoriyalardan
foydalaniladi.