1-jadval Baholash mezonlari Ball - javoblarning to‘griligi va to‘liqligi (85-100% gacha);
- javob berishda ijodiy yondashish va talabaning mustaqil fikri bayon etilganligi;
- javobni yoritishda tayanch tushunchalardan foydalanish va ularning mazmunini to‘g’ri
yoritish;
- yozma ish hajmining me’yordaligi;
- tushunarli va chiroyli husnixat;
5 - javoblarning to‘griligi va to‘liqligi (71-84% gacha);
- javob berishda ijodiy yondashish;
- javobni yoritishda tayanch tushunchalardan foydalanish;
- tushunarli husnixat;
4 - javoblarning to‘griligi va to‘liqligi (55-70% gacha);
- javobni yoritishda tayanch tushunchalardan kamroq darajada foydalanish;
- tushunarlilik darajasi past bo‘lgan husnixat;
3 - javoblarning to‘griligi va to‘liqligi yetarli darajada emasligi (55 % dan kam);
- javobni yoritishda tayanch tushunchalardan foydalanmaslik;
- tushunarsiz bo‘lgan husnixat;
- javoblarning mantiqsiz va mazmunsiz bo‘lishi;
- javoblarda ko‘chirmachilikka yo‘l qo‘yilgan bo‘lsa.
2 YaB bo‘yicha bahоlash mеzоnlari Yakuniy baholash (YaB) – semestr yakunida talabaning muayyan fan
bo’yicha nazariy bilim va amaliy ko’nikmalarini o’zlashtirishini baholash usuli. U
asosan tayanch tushuncha va iboralarga asoslangan yozma ish, og’zaki so’rov, test,
ijodiy ish va boshqa shakllarda o’tkaziladi.
1. Agar YaB test shaklida o‘tkazilsa, talabalarga fan mazmunini qamrab olgan
va belgilangan talablar asosida tuzilgan test variantlari beriladi va to‘g’ri javoblar
soniga qarab baholanadi;
2. Agar YaB yozma ish shaklida o‘tkazilsa, u holda talabalarga fan
xususiyatidan kelib chiqqan holda bir nechta savoldan iborat variantlar beriladi.
Yozma ishni baholashda quyidagi 3-jadvalda keltirilgan baholash mezonlaridan
foydalaniladi: