Mavzuga oid tayanch iboralar
Tarix, Tarixiy xotirani tiklanishi, Tarixiy xotirasiz – kelajak
yo‘q, madaniyat tarixi, tarixiy siymolar. Ibtidoiy turar-joylar, diniy
tasavvurlar, animism, fetishizm, totemizm. Ibtidoiy san’at. O‘tmish
аjdоdlаrimiz ishlаridаn iftiхоr, g‘ururni his etish vа shu bilаn birgа
ulаrgа munоsib аvlоd bo‘lish.
Mavzu bo‘ycha takrorlash uchun savollar
1. O‘zbekiston madaniyati va san’ati tarixi fanini o‘rgаnish,
uni хоlis vа ilmiy аsоsidа tаdqiq etish zаrurаti.
2. O‘zbekiston madaniyati va san’ati tarixi fani predmeti,
maqsad va vazifalarini tushuntirib bering.
3. Ibtidoiy davr madaniyati haqida nimalar bilasiz?
4. Dastlabki diniy tasavvurlarga qaysilar kiradi?
25
Adabiyotlar:
1. Kаrimоv I.А. Yuksаk mа’nаviyat – yеngilmаs kuch. – T.:
Mа’nаviyat, 2008.
2. Kаrimоv I.А. Vаtаnimizning tinchligi vа хаvfsizligi o‘z kuch-
qudrаtimizgа, хаlqimizning hаmjihаtliligi vа bukilmаs irоdаsigа
bоg‘liq. – T.: O‘zbеkistоn, 2004.
3. Kаrimоv I.А. Tinchlik vа хаvfsizligimiz o‘z kuch-
qudrаtimizgа, hаmjihаtligimiz vа qаt’iy irоdаmizgа bоg‘liq. T.12.
– T.: O‘zbеkistоn, 2004.
4. Kаrimоv I.А. Хаvfsizlik vа tinchlik uchun kurаshmоq kеrаk.
– T.: O‘zbеkistоn, 2002.
5. Mirziyoyev Sh. M. Ilm-fan yetuklari – taraqqiyotning bir omili
// Xalq so‘zi. – 2016. – 31 dekabr.
6. Mirziyoyev Sh. M. Erkin va farovon, demokratik O‘zbekiston
davlatini birga quramiz. – T.: O‘zbekiston, 2017. – 59 b.
7. Mirziyoyev Sh. M. Tanqidiy tahlil, qat’iy tartib-intizom va
shaxsiy javobgarlik – har qanday bir faolyatining kundaligi qoidasi
bo‘lishi kerak // Ishonch. 2017. –17 yanvar.
8. O‘zbekiston Respublikasining Prezidentining “2017–
2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasining rivojlantirilishining
beshta ustuvor uyushmasi bo‘yicha harakatlar strategiyasi” PF-
4947-sonli farmoni // Xalq so‘zi. 2017. – № 28.
9. Kаrimоv I.А. Biz tаnlаgаn yo‘l - dеmоkrаtik tаrаqqiyot vа
mа’rifiy dunyo bilаn hаmkоrlik yo‘li. T.11. – T.: O‘zbеkistоn, 2003.
10. Аliyеv А. Mа’nаviyat, qаdriyat vа bаdiiyat. – T.: Аkаdеmiya,
2000.
11. Bаrkаmоl аvlоdni shаkllаntirish – mа’nаviy tаrаqqiyot оmili.
Rеspublikа ilmiy-аmаliy kоnfеrеnsiya mаtеriаllаri. – T.: O‘zMU, 2010.
12. Bekmurodov M., Umarov A., Qoraboyev U., Haydarov
Z. Ijtimoiy-madaniy faoliyat tarixi, nazariyasi va uslubiyoti. – T.:
Ma’naviyat. 2016. – 336 b.
13. Nаzаrоv Q. vа bоshq. Mа’nаviyat: аsоsiy tushunchаlаr izоhli
lug‘аti. – T.: G‘аfur G‘ulоm, 2009.
14. Оchildiyеv А. Milliy g‘оya vа millаtlаrаrо munоsаbаtlаr.
– T.: O‘zbеkistоn, 2004.
15. Oydinov N. O‘zbekiston tasviriy san’ati tarixidan lavhalar.
– T.: O‘qituvchi, 1997-yil.
48
uning sevimli mavzusi hisoblangan. Shu sababli uning «Gulzor»,
«Sabz bahor», «Rohigul», «Abhari kuhan», «Ravshan charog‘,
«Polizbon», «Dilangizan» singari ko‘pgina asarlarida Navro‘z va
tabiat go‘zalligi tarannum etiladi. Shuningdek, sozanda «Yazdon
ofarid», «Sabzdori sabz», «Partavi farxor», «Kini Siyovush», «Bog‘i
Shahriyor, «Isabdiz» singari qo‘shiq va ohanglarni ham mavsum va
marosimlarga bag‘ishlab yaratadi. Borbad ko‘pgina qo‘shiqlarini
avlod-ajdodlar tarixiga, xalq og‘zaki ijodi va zardushtiylikning
muqaddas kitobi «Avesto» ohanglariga bag‘ishlagani haqida
ma’lumotlar bor. Uning musiqa sohasidagi buyuk xizmati shundan
iboratki, u yaratgan «Zerafkand», «Nufuxt», «Gulnush», «Oromishi
jon», «Dargam» kabi kuy va taronalar eron, tojik, arab va turkiy
xalqlarga mansub sozanandalar tomonidan hanuzgacha sevib ijro
etiiadi.
Hozirgi kunda o‘zbek-tojik musiqasi boyligi hisoblangan «Shash-
maqom» ohanglari silsilasidagi «Zerafkand», «Xusravoni», «Nav-
ro‘zi buzrug», «Navro‘zi Ajam», «Navro‘zi Xoro» maqom yo‘llarida
Borbad ijodining an’analari bevosita davom etib kelmoqda.
Umuman olganda, Borbadning Sharq musiqa madaniyatiga
qo‘sh
gan hissasi va uning mashhurligi haqida ko‘plab asarlar
yozi lib, tadqiqotlar olib borilgan. Borbad ijodi ko‘plab Sharq va
G‘arb olimlari tomonidan o‘rganilgan. Masalan, Borbadning musi-
qa madaniyati tarixida yorqin iz qoldirganligi haqida daniyalik
mash hur sharqshunos A.Krestinsen shunday deb yozadi: «Borbad
sosoniylar davri musiqasi rivojida asosiy o‘rin tutgan, shuningdek,
u haqiqatdan ham Sharq xalqlari musiqa san’atining asoschilaridan
biri hisoblanadi. Hech qaysi san’at arbobi tarixda va adabiyotda
uningdek yorqin iz qoldirmagan. Borbad o‘z hayoti davomida
360 ta maxsus qo‘shiq va 30 ta tarona yaratdi, ulardan 148
tasining nomi hozir ham manbalarda doimo eslanadi. U yaratgan
asarlarning nomlari Sharq xalqlari musiqasida hozirgi kunlargacha
o‘zgarmagan». Borbadning nomi va iste’dodini abadiylashtirishda
mashhur Sharq mutafakkirlarining roli benihoya kattadir. Abu Bakr
Narshaxiy, Abu Abdulloh Rudakiy, Abdulqosim Firdavsiy, Ibn Sino,
Nizomiy Ganjaviy, Abdurahmon Jomiy, Alisher Navoiy va boshqalar
o‘z asarlarida Borbad nomini abadiylashtirib ketganlar.
Qadimgi Markaziy Osiyoning ilm-fani dunyoning barcha mada-
33
Markaziy Osiyoning antik badiiy madaniyatning muhim uslubiy
xususiyatini san’atlar sintezi tashkil etgan. Haykaltaroshlik, tasviriy
san’at, naqsh bunda umumiy me’morchilik rasamadagi va uning
ritmiga bo‘ysingan holat me’morchilik bilan yahlit namoyon
bo‘ladi. Bu sintez Kushonlar davrida ham mahalliy madaniyatda o‘z
ta’sirini saqlab qoldi. Kushonlar davri Markaziy Osiyo, Afg‘oniston,
Pokiston, Hindiston xalqlari tarixidagina emas balki dunyo
madaniyatining taraqqiyotida alohida o‘rin egallaydi. Turli xalqlar
madaniyati chatishishi natijasida bu yerda o‘ziga xos madaniyat
shakllandi, shu bilan birga keyingi asarlar madaniyatining o‘zaro
ta’siri yangi tarixiy bosqichga qadam qo‘ydi. Ellin madaniyatining
an’ananalari Kushonlar davrida ijodiy jihatidan qayta shakllandi va
yangicha tahlil qilina boshladi.
Kushonlar imperiyasi davrida (I-III asrlar) Markaziy Osiyoda
sug‘or ma dehqonchilik, hunarmandchilik, shaharsozlik, savdo-
sotiq va iqtisodiy aloqalar ravnaq topdi. Bunga Kushon-Baqtriya
yozuvlari, brahma va qaharoshhi, hind alifbosidagi yozuvlar,
kushon tangalari guvohlik berdi. Buddizm dinning rasmiy
darajasi budda ibodatxonalarining o‘sha zamon san’ati bilan
bezatilishida namoyon bo‘ladi. Termiz yaqinidagi Ayritomdan
topilgan ibodatxona tashqi devori peshtoqlariga sarg‘ishroq
toshdan haykal o‘rnatilgan. Bino ichida g‘ishtdan ishlangan budda
haykalining qoldiqlari topilgan. Haykallarning ishlanish uslubi,
kiyimi musiqa asboblari Hindis ton, O‘rta Osiyo, Yunoniston
madaniyatlarining o‘zaro ta’sirida rivojlanganligidan dalolat
beradi. Buni Xorazm, Farg‘ona, Sug‘d, Parfiyadan topilgan
turli xil buyumlar, madaniy obidalar, topilmalari timsolida
ham ko‘rsatish mumkin. Kushonlar davrida shaharlar qurilishi
keng rivojlangan. Shaharlar qalin devorlar bilan o‘ralib, ichida
ark va arkning atrofida har xil binolar qad ko‘targan sopol
idishlar nihoyatda nafis va jarangdorligi bilan va xilma-xilligi
bilan ajralib turgan. Amaliy san’at keng taraqqiy etgan. Zeb-
ziynat buyumlari va mehnat jang qurollari yasash, mato to‘qish
rivojlangan. Umuman kushonlar davri madaniyati Markaziy
Osiyoning eng cho‘qqisi hisoblanib, ma’lum hudud va zamon
bilan chegaralanmaydi. Bu madaniyat Old Osiyo, Markaziy
Osiyo va Antik, Hind madaniyatlari yutuqlarini o‘zida jamlab,
34
qo‘llab sharq xalqlarining o‘rta asrdagi madaniyati rivoji uchun
asos bo‘ldi va jahon madaniyati o‘chmas iz qoldirdi.
Dostları ilə paylaş: |