‘zbekist0n respublikasi oliy va ‘rta maxsus ta’lim vazirligi q. S. Abdurashidov, B. A. Hobilov


Konstruksiyalarning erkin tebranishlari chastotasini



Yüklə 53,18 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə108/188
tarix07.01.2024
ölçüsü53,18 Kb.
#208394
1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   ...   188
8.4.3. Konstruksiyalarning erkin tebranishlari chastotasini
tajriba yo‘li bilan aniqlash
Erkin tebranishlar chastotasini aniqlash tekshirilayotgan konstruksiyadan 
to'g'ri foydalanishda muhim ahamiyatga ega. Konstruksiyaning xususiy 
tebranishlari chastotasi ma’lum bo'lsa, tekshirilayotgan obyektga dinamik 
ta’sir etadigan uskunani o'rnatish mumkin yoki mumkin emasligi masalasi 
yoki ishlab turgan qaysi uskuna rezonans hosil qilishi mumkinligi va buning 
oldini olish masalalari o'z yechimini topadi.
Konstruksiyaning erkin tebranishlari chastotasini ikki xil usulda aniqlasa 
boiadi. Ulardan biri zarb berish usuli, ikkinchisi vibratsion usul.
Birinchi usulga ko'ra konstruksiyaga zarb berish orqali unda so'nuvchi 
tebranishlar hosil qilinadi va bu tebranishlar solqilik o'lchagich (progibomer), 
vibrograf yoki ossillograflar yordamida yozib olinadi. Ushbu yozuvlardan 
tekshirilayotgan obyektning tebranish chastotalarini aniqlash qiyin emas.
Shunisi muhimki, aniqlanayotgan parametrlar zarba kuchiga bogiiq 
emas. Bu hoi olingan maiumotlami qayta zarb berish va yozib olish yoii 
bilan tekshirib ko'rish imkonini beradi.
Zarba usuli sodda usul, tayyorlov ishlari ham ko'p mehnat talab 
qilmaydi, qo'llaniladigan uskunalar ham murakkab emas. Zarbali sinovlar 
bir xil konstruksiyalami, masalan, qoziq oyoq, to'sin va yopma plitalarini 
dinamik xarakteristikalarini (tavsiflarini) taqqoslashda juda q oi keladi. Biroq


tekshirilayotgan obyektning massasi qancha katta bo‘lsa, ularga zarba kuchi 
shuncha kam ta ’sir qiladi. Bunday hollarda sezgirroq asboblar qo'llash yoki 
kuchliroq zarba berish talab etiladi. Shuning uchun ham amaliyotda bu 
usuldan kamroq foydalaniladi.
Ikkinchi usulga ko‘ra konstruksiyalarning xususiy tebranishlari chastotasi 
vibratsion mashinalar yordamida aniqlanadi.
V ibrom ashina maxsus uskunalar yordamida konstruksiyaga 
m ahkam lanadi. V ibrom ashina harakati jarayonida konstruksiyada 
chastotalaming keng diapozonida majburiy tebranishlar vujudga keladi.
Vibromashina uyg'otgan majburiy tebranish chastotasi konstruksiyaning 
xususiy tebranish chastotasiga tenglashganda rezonans vujudga keladi; buni 
vibro yozuvlardagi amplitudalarning keskin o'sib ketganidan bilsa bo'ladi.
V ibratsion 
sinovlar tekshirilayotgan 
obyektning 
dinam ik 
xarakteristikalarini to'laroq va hartaraflama aniqlash imkonini beradi. 
Tebranish amplitudalarini aniqlash uchun vibro yozuvlardan tashqari bevosita 
o'lchaydigan vizual asboblardan ham foydalanish mumkin.

Yüklə 53,18 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   ...   188




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin