erkin tebranishlari davriga yaqinrog‘i, katta amplituda bilan tebranadi, chunki
rezonansga tushgan boiadi. Binobarin, ana shu chastota tekshirilayotgan
elementning izlanayotgan chastotasi bo‘ladi.
Yuqoridagi prinsip asosida ishlaydigan bir tilli chastotamerlar ham bor.
Masalan, Fulaiton yaratgan asbob, aynan bir tilli bo‘lib, tebranish chastotalarini
aniqlashga xizmat qiladi. Mazkur asbob uchiga yuk (2) o‘matilgan bitta
polat plastinka (1) dan tashkil topgan (8.13-rasm). Plastinka ikkita rolik (3)
orasiga qistirilgan. Roliklardan birini harakatga keltirish yo‘li bilan po‘lat
plastinkaning chiqib turgan qismi uzunligini o ‘zgartirish mumkin. Kerakli
uzunlikda uni tirgak (4) orqali qotirib qo‘yiladi.
Tekshirilayotgan elementning tebranish chastotasini aniqlashda mazkur
asbob plastinkasini tebranish yo‘nalishiga moslab o'matiladi. Keyin rolikning
dastasini aylantirib, plastinkaning uzunligi o‘zgartiriladi. H aro ‘zgartii^ganda
tirgak (4) bilan mahkamlab, chastotasi tekshiriladi. Bu ish plastinka kuchli
tebranma harakatga kelgunga qadar davom ettiriladi. Bu hoi esa rezonans
holatidir, ya’ni bu holatda asbobning tebranish chastotasi element chastotasi
bilan tenglashadi; bu asbob shkalasidan aniqlanadi.
Bir tilli chastota o‘lchagich ko‘p tilli chastota o ‘lchagichga qaraganda
ancha qulaydir, chunki bunda plastinka uzunligini asta o‘zgartira borish
yo‘li bilan aniqroq natijalar olish mumkin.
Dostları ilə paylaş: