Keltirilgan formulalardan ko‘rinib turibdiki, konstruksiyaning tebranishlar
davrini o ‘zgartirish uchun yo massa m yoki К ning qiymatini, yoki har
ikkalasini birgalikda o‘zgartirish kerak.
Massani o‘zgartirish uchun konstruksiyaga qo‘shimcha yuklar qo‘yish yoki
mavjud yuklarni kamaytirish lozim. К kuchining qiymatini o‘zgartirish uchun
element ko‘ndalang kesimi oMchamlarini o‘zgartirishga to‘g‘ri keladi, chunki bunda
inersiya momenti I o‘zgaradi, bu esa o‘z navbatida К ni o‘zgarishiga olib keladi.
m va К ni kerakligicha tanlash orqali erkin tebranishlar chastotasini
o‘zgartirish va konstruksiyani rezonans holatidan saqlab qolish mumkin. m
va К ning qiymatini xohlagan vo‘nalishda o‘zgartirsa boMadi, biroq
konstruksiyaning mustahkamlik zahirasiga (zapasiga) putur yetmasligi lozim.
Konstruksiya tebranishlari chastotasi nazariy usulda aniqlanib, m va К
ning qiymatlari o‘zgartirilgach, konstruksiya tebranishlari chastotasi tajriba
yoMi bilan qayta aniqlanadi.
Sanoat korxonalarining birida 60 ; 120 va 150 kVt quvvatga ega boMgan
uchta elektr dvigatel o‘matilgan. Shulardan birinchisi ishga tushganda yuqori
qavat orayopmasi tebranib rezonans holatiga tushgan. 120 va 150 kVt li
dvigatellar ishlaganda orayopmada deyarli tebranish uyg‘onmagan. Demak,
keyingi dvigatellaming chastotasi orayopma chastotasidan ancha farq qilgan.
60 kVt li dvigatel ishlaganda hosil boMadigan rezonansni bartaraf etish uchun
orayopmaga qo‘shimcha massa qo‘yilgan. Shundan keyin rezonans to‘xtagan.
Dostları ilə paylaş: