Ц / ning
aniqlanayotgan qiymatining ortishiga olib kelishi mumkin.
8.5.5. Dinamik sinovlar natijasiga ko‘ra konstruksiya holatini baholash Dinamik kuchlar ta’siriga sinalgan konstruksiyalarning holatiga baho
berish statik kuchlar ta ’siriga sinalgan konstruksiyalarning holatiga baho
berishga nisbatan ancha murakkab. Sinovlar oldiga qo'yilgan vazifalarga
qarab, ulardan olinadigan natijalar ham o'ziga xos bo'ladi.
Birinchi masala — inshootning statik va dinamik kuchlar ta’siridagi
mustahkamligini tekshirishdan iborat edi. Yuqorida shunday hollar uchun
kuchlanishlarni aniqlash usullarini ko'rib o'tdik. Agar yig'indi kuchlanishlaming
qiymati m e’yoriy kuchlanishlardan kichik bo'lsa, bunday inshootning
mustahkamligi yetarli darajada deb baholanadi va foydalanishga ruxsat etiladi.
Ikkinchi masala — inshoot tebranishlarini texnologik jarayonlarga va
shu sharoitda ishlayotgan odamlaming fiziologik holatiga ta’sirini aniqlashdan
iborat edi. Bunga doir sinovlar va tegishli tavsiyalar bilan tanishdik. Agar
chastota va amplitudalarning ta ’siri inson salomatligi va kayflyatiga zarar
yetkazadigan darajada bo'lsa, u holda buni bartaraf etish uchun inshootni
qayta ta ’mirlash muammosi yuzaga keladi.
Uchinchi masala — iste’moldagi konstruksiyaga, awal ko'zda tutilmagan,
yangi qo'zg'alma yoki tebranma harakatda bo'ladigan asbob-uskunalarni
o'rnatish zarurati tug'ilgan hoi. Bunday holda konstruksiyaning xususiy
tebranish chastotasi aniqlanadi, bu chastota o'matiladigan uskuna (stanok,
agregat) ning majburiy tebranishlar chastotasi bilan taqqoslanadi;
konstruksiyaning kuchlanishlari va deformatsiyalari aniqlanadi. Agar
konstruksiya rezonansga tushadigan bo'lsa, u holda masala ikki yo'nalishda
hal etilishi mumkin; a) konstruksiyaning xususiy tebranishlari chastotasini
o'zgartirish, b) agar texnologik sharoit yo'l qo'ysa, majburiy tebranishlar
chastotasini o'zgartirish.
To'rtinchi masala — bu dinamik koeffitsientning qiymatini aniqlashdan
iborat. Bu koeffitsient konstruksiyani real ishlash sharoitini hisobga olib, uning
mustahkamligiga baho berishda kerak bo'ladi. Dinamik koeffitsientning qiymati
aniqlangach, konstruksiya shu koeffitsient bo'yicha qayta hisoblanadi va hisob
natijalariga qarab sinalayotgan inshootning mustahkamligiga baho beriladi.
Inshoot va uning konstruksiyalariga dinamik kuchlar ta’sir etganda uning
texnik holatiga baho berish ana shulardan iborat.