129
IX BOB. DEFORMATSIYA YA KUCHLANISH
HOLATLARINI EKSPERIMENTAL TADQIQ ETISH
USULLARI
9.1.
Materiallarni va konstruksiyalami sinash
Gap deformatsiya va kuchlanishlarni tajriba (eksperiment) yo'li bilan
aniqlash usullari xaqida borar ekan, materiallarni mexanik sinash bilan
konstruksiyalami sinash orasida farq borligini unutmaslik kerak.
Materiallarni sinash ishlari oquvchanlik chegarasi, mustahkamlik
chegarasi, elastiklik moduli singari mexanik xarakteristikalarni aniqlash
maqsadlarida amalga oshiriladi. Bundan tashqari, tadqiqot ishlarida ham,
jumladan, murakkab kuchlanish holatlarida mustahkamlik shartlarini
o'rganishda yoki, umuman, turli sharoitlarda materialning mexanik
xossalarini aniqlashda qo'llaniladi.
Materiallarni sinash uchun namunalar tayyorlanadi. Namunalarning
shakl va o'lchamlari o'lchash asboblari va sinash shartlariga qarab belgilanadi.
Material haqida obyektiv ma’lumotlarga ega bo'lish uchun kuchlanish
holatining biijinsliligini, ya’ni sinalayotgan namunaning barcha nuqtalarida
kuchlanishlaming bir xil bo'lishini ta’minlash zarur. Bu shartga, jumladan,
cho'zilishda, kalta namunalami siqishda va yupqa devorli quvurlarni
burashda amal qilinadi. Bunday sinovlarda materil xossalarining o'zgarishi
namunaning butun hajmi bo'yicha baravar sodir bo'ladi va miqdoriy baho
berishda qiyinchilik tug'dirmaydi. Yaxlit namunalami burashda va egilishga
sinashda kuchlanish holati birjinsli bo'lmaydi. Materialning alohida
nuqtalarida sifat o'zgarishlarining yuz berishi, namuna xarakteristkasida
sezilarli o'zgarishlar sodir bo'lishiga olib kelmaydi. Materialda vujudga
keladigan jarayonlar faqat o'rtacha miqdorda ayon bo'ladi va sinov natijalari
qo'shim cha ravishda qayta ishlashni talab etadi, bu esa obyektivlik
darajasining pasayishiga olib keladi.
Kuchlanish holatini birjinsliligi talabi qator sinovlar natijalariga jiddiy
cheklovlar qo'yadi. Masalan, hozirga qadar biijinslilik sharoitida har taraflama
cho'zish bo'yicha obyektiv sinov o'tkazishning uddasidan chiqilmayotir.
Bunday kuchlanish holatini hozircha namunaning faqat alohida nuqtalarida
uyg'otish mumkin bo'layotir. Masalan, yaxlit shaming markazida,
tashqaridan turib tez qizdirish yo'li bilan, shunday holatni vujudga keltirish
mumkin.
Mexanik sinash ko'rinishlaridan biri texnologik sinovlar bo'lib bu sinovlar
material xossalari haqida obyektiv ma’lumotlar emas, faqat qiyosiy ma’lumotiar
130
beradi, xolos. Material qattiqligi, zarba qayishqoqligi (ударная вязкость)
va ba’zi boshqa shu kabi xarakteristikalami aniqlashga doir sinovlar ham
texnologik sinovlar qatorida turadi.
Konstruksiyalar sinovi — bu butunlay boshqa gap; bunda gap butun
mashina, uning alohida qismlari yoki modelining mustahkamligini sinash
haqida boradi. Bunday sinovlami o ‘tkazishdan maqsad, bir tom ondan
bajarilgan hisoblarning to ‘g‘riligini tekshirishdan, boshqa tom ondan-
mashinani texnologik jihatdan to ‘g‘ri yig'ilganligiga baho berishdan iborat.
Konstruksiyalami sinash ishlari texnikaning samolyotsozlik va raketasozlik
singari sohalarida ko'proq rivojlangan, chunki bu sohada vaznni
yengillashtirish tufayli mustahkamlik masalalari yanada mas’uliyatliroq
tus oladi. Yangi mashinani barpo etishda, uning metalldan yasalgan
alohida qismlari buzuvchi kuchni aniqlash maqsadida, to buzilgunga
qadar sinaldi. So'ngra bu kuch hisobiy kuch bilan taqqoslanadi. Statik
sinovlar jarayonida qo'yiladigan tashqi yuk real ishchi holatga yaqin
keladigan holatga moslab qo'yiladi, masalan, samolyot g‘ildiragiga
qo'yiladigan yuk yo'lovchilar chiqadigan paytga, qanotlari esa pikdan
chiqish holatiga moslashtiriladi va h.k.
Statik sinovlardan tashqari ko'pincha dinamik sinovlar o'tkazishga to'g'ri
keladi. Masalan, tebranish (titrash) sharoitida ishlaydigan asboblar ko'proq
sinaladi. Bunday sinovlar maxsus ishlangan tebratma stollarda turli chastota
va amplitudalarda o'tkaziladi. Bunday sinovlarda asboblaming tebranayotgan
detallaridagi deformatsiya va kuchlanishlar o'lchanm aydi. Alohida
qismlaming ishdan chiqishiga qarab ularning mustahkamligi haqida fikr
yuritiladi. Ba’zan mashinaning xavfli tugunlarida tez o'zgaruvchi
deformatsiyalar ossillograflar yordamida yozib olinadi va keyin qayta ishlanadi.
Kuchlanish holatida bo'lgan konstruksiyalami eksperimental tadqiq
etishning hozirgi usullari, u yoki bu yo'sinda, sinalayotgan obyektning
d efo rm a tsiy alarin i to 'g 'r id a n to 'g 'r i aniqlashga borib taq alad i.
Kuchlanishlar Guk qonuni asosida bilvosita deformatsiyalar orqali
aniqlanadi. Konstruksiya sinovlarida plastik deformatsiyalar hosil bo'lsa,
u holda kuchlanishlar aniqlanmaydi, faqat buzuvchi kuchning qiymatini
aniqlash bilan kifoyalaniladi yoki plastik deformatsiya uyg'otuvchi kuch
aniqlanadi.
Deformatsiyalami o'lchashning bir qancha usullari bor. Quyida biz
deformatsiyalami mexanik va elektrik prinsiplar asosida ishlaydigan o'lchash
asboblari (tenzom etr) bilan tanishib chiqamiz. Keyin esa optik va
rengenografik usullar, muartasmalari va lok qoplash usullari bilan tanishamiz.
131
|