‘zbekist0n respublikasi oliy va ‘rta maxsus ta’lim vazirligi q. S. Abdurashidov, B. A. Hobilov


Materiallarning fizik-mexanik xossalarini aniqlash



Yüklə 53,18 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə58/188
tarix07.01.2024
ölçüsü53,18 Kb.
#208394
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   188
5.1. Materiallarning fizik-mexanik xossalarini aniqlash
Qurilish materiallari, buyumlari, konstruksiyalari, binobarin, bino va
inshootlarning ishonchliligi va umrboqiyligini sezilarli darajada oshirish
masalasi, qurilish ishlarini barcha bosqichlarda takomillashtirish va sifat
nazoratini yuksaltirgan holdagina muvaffaqiyatli hal etilishi mumkin. Qurilish
obyektlarining yuqori sifat mezonlari fizik, geometrik va funksional
ko‘rsatkichlardan tashkil topadi. Qurilish materiallari ning fizik-mexanik
xossalari va tuzilishi, konstruksiyalarning geometrik o'lchamlari, qurilish
konstruksiyalari va elementlarini montaj qilish aniqligi ana shular
jumlasidandir.
Qurilish materiallari, buyumlari va konstruksiyalari sifatini nazorat
qilish asosan ikki yo'nalishda olib boriladi. Ulardan biriga ko'ra
tekshirilayotgan obyektning chegaraviy holatini aniqlash uchun obyekt ishdan
chiqqunga qadar yuklanadi. Bu usul namuna va modellami sinashda yaxshi
natija beradi. Real obyektlarning yuk ko'tarish bo'yicha chegaraviy holatini
aniqlash uchun ularni buzilgunga qadar sinash iqtisodiy jihatdan maqsadga
muvofiq emas.
Konstruksiya va uning elementlarini buzmasdan (yemirmasdan sinash usullari
keyingi davrlarda jadal rivojlanib boryapti. Bu usul obyektning yuk ko'tarish
qobiliyatiga zarar yetkazmagan holda uning haqiqiy holatini aniqlash imkonini
beradi. Yemirmaydigan (неразрушающий) usullar yordamida konstruksiya va
uning elementlaridagi betonning namligi, zichligi, mustahkamligi, shuningdek,
konstruksiyadagi mavjud nuqsonlami aniqlash mumkin.
Yemirmaydigan sinash usullari, ko'p hollarda, obyekt xossalarini
bilvosita aniqlash uslubiyatiga asoslanadi. Shunga ko'ra yemirmaydigan sinash
usulini uning ko'rinishlariga qarab turlarga ajratsa bo'ladi:

Yüklə 53,18 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   188




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin