radioto'Iqin usullari yuqori chastotali tebranishlami tekshirilayotgan
obyektda tarqalishi bilan bogMiq;
elektrga oid usullar tekshirilayotgan
obyektning elektr sigMmi, elektr
induktivligi va elektr qarshiligiga baho berish bilan bogMiq.
Inshootlarni sinashda yemiradigan va
yemirmaydigan usullarning
imkoniyatlariga baho berilar ekan, yemiradigan (buzilish holatiga kelguncha
sinaladigan) usullar faqat modellami va yangi konstruksiyalarning tajribaviy
namunalarini, shuningdek, zavodlarda tayyorlanadigan buyumlami tanlama
nazoratini o'tkazish kabi hollardagina qoMlanilishini e’tiborga olish lozim
boMadi. Sinash ishlarini amalga oshirishda, agar obyekt
buzilgunga qadar
sinaladigan bo'lsa, ularning iqtisodiy samaradorligiga aniq baho berish talab
etiladi. Taklif etilayotgan yechimning iqtisodiy samaradorligi loyiha
bosqichida
aniqlanadi, yangi konstruksiyani amaliyotga tatbiq etishdan
olinadigan foyda hisoblab chiqiladi. Keyin tajriba sinovlari
rejasi tuziladi,
rejada ishning hajmi, bahosi va tajriba ishlarining
texnika-iqtisodiy
samaradorligi ko'rsatiladi. Tajriba o'tkazish uchun qilinadigan sarf-xarajatlar
yangi konstruksiyani amalda qo'llash orqali olinadigan yalpi foydadan ancha
kam bo'lishi kerak.
Sinovlaming yemirmaydigan usullari tekshirilayotgan obyektlarning
normal ishlab turishiga halaqit bermaydi. Bu
usullar konstruksiyalarning
haqiqiy holatini loyihada qabul qilingan kuchlanish holatiga qay darajada
mos kelishini aniqlash, shuningdek, ekspluatatsion resurslami prognoz qilish
imkoniyatini beradi.
Dostları ilə paylaş: