‘zbekist0n respublikasi oliy va ‘rta maxsus ta’lim vazirligi q. S. Abdurashidov, B. A. Hobilov


Ultratovush akustik sinash usuli tovushni konstruksiya materialida



Yüklə 53,18 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə67/188
tarix07.01.2024
ölçüsü53,18 Kb.
#208394
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   188
Ultratovush akustik sinash usuli tovushni konstruksiya materialida
tarqalish qonuniyatini o'rganishga asoslangan. Tovush — gazsimon, suyuq
yoki qattiq muhitda t o ‘lqin ko'rinishida tarqaladigan elastik muhit
zarrachalarining tebranma harakatidir. Elastik toMqinlar chastotasi 20 Gs
gacha bo'lgan infratovush, chastotasi 20 Gs dan 20 kGs gacha bo'lgan
tovush, chastotasi 20 kGs dan 1000 MGs gacha bo'lgan ultratovush hamda
chastotasi 1000 MGs dan ortiq bo'lgan gipertovushlaiga bo'linadi. Beton va
sopollarni sinashda chastotasi 20 kGs dan 200 kGs gacha, metall va
plastmassalami sinashda chastotasi 30 kGs dan 10 MGs gacha bo'lgan
ultratovush tebranishlaridan foydalaniladi.
Amaliyotda ultratovush usulidan foydalanishning turli xil yo'nalishlari
bor. Bular ichida ultratovush impuls usuli, rezonans usuli, impedans usuli
hamda akustika emissiyasi usullari eng ko'p tarqalgan usullardan hisoblanadi.
Akustik usullar fizikadan maMum bo'lgan yaxlit muhitlarda to'lqin tarqalish
qonuniyatlariga asoslanadi. To'lqinlaming tarqalish shakli ancha murakkab
jarayon hisoblanadi, chunki muhitga o'ta tezkor jarayonlar ta’sir etganda
turli xil toMqinlar paydo bo'ladi.
Ultratovush impuls usulidan foydalanib qurilish konstruksiyalaridagi
nuqsonlarni, shuningdek, materialning mustahkamligi, elastik parametrlari,
g'ovakligi kabi fizik-mexanik xossalarini aniqlash mumkin. Ultratovush
orqali metall konstruksiyalardagi payvand choklarining sifatini tekshirsa
bo'ladi.
Gap qurilish konstruksiyalaridagi nuqsonlar (дефект)ni ultratovush orqali
aniqlash haqida borar ekan, impuls — usul haqida ham to'xtalib o'tishni
joiz topdik. Katta o'lchamlik yirik konstruksiyalami sinashda toMqinlar
qarshilikli muhitda so'nib borishi tufayli ultratovush usuli yaxshi samara

Yüklə 53,18 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   188




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin