I — bolg'a; 2 — y o g ‘och so p ; 3 — sferik u ya;
zarba kuchini 50 kg/sm2 olinadi. Agar izlar diametri 6,5 mm dan ortsa, zarba kuchi 12,5 kg/sm2 ga kamaytiriladi. Zarba kuchi asbob shkalasi (2) orqali nazorat qilinadi. Shu tipdagi KM bolg'asidan foydalanilganda diametr o'rniga sharchaning sakrash (sapchish) balandligi oMchanadi. Betonning mustahkamligi qancha yuqori bo‘lsa, sharcha shuncha baland sapchiydi. 5.7-rasmda betonning mustahkamligini aniqlaydigan Fizdel bolg'asi tasvirlangan. Suvoq va bo‘yoqdan tozalangan konstruksiyaning bir joyiga kamida 30 mm oraliqda o ‘rtacha kuch bilan bolg‘ada 10-12 marta urib, iz qoldiriladi. Chuqurchaning chuqurligi h yoki d ga qarab betonning mustahkamligi aniqlanadi. Chuqurchaning diametri kattalashtiruvchi lupa yordamida shtangersirkulda yoki burchak masshtabida oMchanadi. Diametrlar o ‘zaro tik ikki yo'nalishda oMchanadi va ularning o'rtacha arifmetik qiymati qabul qilinadi. Konstruksiyaning bitta sirtidan olingan o'lchovlar orasidan eng kichik va eng kattasi chiqarib tashlanadi va qolganlaridan o'rtacha arifmetik qiymat topiladi. Betonning mustahkamligi ana shu qiymat asosida tarorovka grafigidan aniqlanadi. 5.8-rasmda Ovchinnikovning PO -1 rusumli asbobi berilgan. Bu asbob ham betonning mustahkamligini aniqlashga mo'ljallangan. Bunda betonning mustahkamJigi asbob bilan konstruksiya sirtiga «otganda» qoladigan o'yiqning oMchamiga qarab aniqlanadi. Asbob beton sirtiga tik ravishda ushlanadi. PO — 1 asbobi zarbaning barqarorligi va ishda yuqori mahsuldorlikni ta’minlaydi. Yemirmaydigan mexanik sinov usullariga dinamik ta’sirlar orqali amalga