31
Kompyuterlar klasterlari quyidagi ikkita turlarga bo‘linadi:
assimmetrik klasterlashtirish (asymmetric clustering) – bitta
kompyuter ilovani bajaradi, qolganlari esa turib qoladigan
kompyuterlar klasterini tashkil etish;
simmetrik
klasterlashtirish
(symmetric
clustering)
–
klasterning barcha mashinalari bir vaqtda bitta katta ilovaning turli
qismlarini bajaradigan kompyuterlar klasterini tashkil etish.
Shuningdek, quyidagilarga bo‘linadi:
yuqori tezlikli ulanishli klasterlar (high-availability clusters)
– klaster kompyuterlari resurslariga, masalan, ma’lumotlar
omborlariga
optimal
ulanishni
ta’minlaydigan
kompyuterlar
klasterlari;
yuklanish balanslanadigan klasterlar (load-balancing clusters)
– so‘rovlarni balanslaydigan (front-ends), serverlar qismlari (server
back-end) kompyuterlari orasida topshiriqni taqsimlaydigan bir necha
kompyuterlarga ega bo‘lgan kompyuterlar klasterlari.
Klasterlar ko‘pincha universitetlarda va tadqiqotlar markazlarida
(masalan, CERN, Shveytsariya) o‘rnatilgan. Klasterlar uchun
operatsion tizimlarga Windows 2003 for clusters, Windows 2008
High-Performance Computing kiradi.
Dostları ilə paylaş: