41
uchun jarayon holati modeli 7 ta, Unix operatsion tizimi esa 9 ta turli
xil jarayon holati modelini o‘z ichiga oladi.
Jarayon ichidagi operatsiyalar va ular bilan bog‘liq tushunchalar
Jarayon bir holatdan boshqa bir holatga mustaqil ravishda o‘ta
olmaydi. Jarayon holatlarini o‘zgartirish, operatsion tizimga kiradigan
operatsiyalarda amalga oshiriladi.
Bizning modelimiz bunday
operatsiyalarning soni hozirchalik holat diagrammasidagi strelkalar
soniga teng. Operatsiyani uchta juft bilan bog‘lash mumkin:
jarayonni yaratish – jarayonni tugatish;
jarayonnima’lumbirvaqtgato‘xtatish
(bajarilishholatidantayyorlilikholatigao‘tish
)
–
jarayonniishgatushirish (tayyorlilikholatidanbajarilishholatigao‘tish).
Jarayonni bloklash (bajarilish
holatidan kutish holatiga
o‘tish) – bloklangan jarayonni ochish (kutish holatidan tayyorlilik
holatiga o‘tish).
Algoritmni rejalashtirish
haqida gapirar ekanmiz, bizning
modelimizda o‘z juftiga ega bo‘lmagan
yana bir operatsiya paydo
bo‘ladi: jarayon muximliligini o‘zgartirish.
Operatsiyalarni tashkil qilish va tugatish jarayoni bir martalik
bo‘ladi. Va u jarayondan faqat bir marotaba foydalaniladi (hisoblash
tizimi jarayonida ayrim tizimlar hech qachon ishlashdan to‘xtamaydi).
Jarayon holatini o‘zgartirish bilan bog‘liq qolgan barcha operatsiyalar
ko‘p martalik hisoblanadigan ishga tushirish yoki bloklash bo‘ladi.
Jarayonni boshqarish tizim osti
Asosiy tushunchalar:
Jarayon tizim resurslaridan foydalanishda ba’zi talabnomalarni
aniqlashi mumkin.
Multidasturli operatsion tizimlar
bir vaqtda bir nechta
jarayonlarni bajarishi mumkin.
Jarayonlar ko‘pincha foydalanuvchi tashabbusi va uning
ilovalari bo‘yicha paydo bo‘lishi mumkin,
va bu foydalanuvchi
jarayoni deyiladi.
O‘zining funksiyalarini bajarish uchun operatsion tizim
tashabbusi bilan bajariladigan jarayonlar tizim jarayoni deb ataladi.
Jarayonga ajratilgan operatsion tizim
tezkor xotirasi sohasi
majmui, manzil maydoni deb ataladi.