40
2.3- rasm. Tug‘ilish va bajarishni yakunlash
Endilikda jarayon hisoblash tizimida paydo bo‘lishi uchun
tug‘ilish holati orqali o‘tishi kerak bo‘ladi.
2.3- rasmdan ko‘rinib turibdiki, tizimda yaratilgan yangi jarayon
rejalash-tirishga ruhsat etish bosqichidan o‘tadi. OT tizimdagi barcha
jarayonlarning navbatiga kiradi, shundan so‘ng OT uni bajarishga
tayyor holatga keltiradi. Shuni belgilaymizki, bajarishga tayyor
bo‘lgan jarayonlar navbati – jarayonlarni boshqarish uchun eng ko‘p
ishlatiladigan tizim tuzilmalaridan biri. Bajarilishga tayyor holatdan
bajarilish holatiga o‘tish jarayoni rejalashtirish asosida protsessorga
vaqt kvantini ajratish natijasida OT rejalashtiruvchisi tomonidan
uzatiladi. Jarayon bajarilish paytida to‘xtatilishi mumkin (taymer
tomonidan, xatolik natijasida va hokazo) va uzilishni qayta
ishlaganidan so‘ng, operatsion tizim yana ishlashga tayyor holatga
qaytadi. Agar jarayonda sinxron kiritish-chiqirish amalga oshirilsa
yoki jarayon biron bir hodisa sodir bo‘lishini kutishi kerak bo‘lsa
(masalan, ma’lum bir vaqtda), jarayon kutish holatiga o‘tadi.
Kiritish/chiqarish (I/O) tugallanganda yoki kutilayotgan hodisa yuz
berganda, protsessor vaqt kvantini darhol qabul qilmaydi, lekin
bajarishga tayyor holatga o‘tadi. Jarayon dasturi tugashi bilan jarayon
tugallangan holatga kiradi, masalan, exit(c) tizim chaqirig‘ining
natijasida, c - chiqish kodi. Agar c=0 bo‘lsa, jarayon muvaffaqiyatli
yakunlandi deb hisoblanadi. Masalan, Windows NT operatsion tizimi
Yangi
Tayyorlilik
Tugatish
Dostları ilə paylaş: