U. R. Xamdamov, dj. B. Sultanov, S. S. Parsiyev, U. M. Abdullayev


 Operatsion tizimda jarayonlar va ularning holatlari



Yüklə 3,32 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə26/253
tarix07.01.2024
ölçüsü3,32 Mb.
#209072
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   253
os

2.1. Operatsion tizimda jarayonlar va ularning holatlari 
Jarayon tushunchasi 
Jarayon - bu foydalanuvchi tomonidan ishga tushurilgan dastur
jarayon buyruqlarni bajaruvchi to‘plam majmui (xotirani bajarish 
uchun ajratish va fayllar va kiritish/chiqarish qurilmalaridan 
foydalaniladigan manzil va boshqalar) va operatsion tizim 
boshqaruvida joylashgan joriy vaqtda uni bajarilishini (registr, dastur 
hisoblagich, stek holati va qo‘llash belgilari) tavsiflaydi. Ish paytida 
operatsion tizim ko‘plab dasturlarni bajaradi: paketli vazifalar, vaqtni 
taqsimlash rejimida foydalanuvchi dasturlari, tizim dasturlari va 
jarayonlari. Foydalanuvchi dasturlarini tavsiflovchi bir nechta 
o‘xshash atamalar (terminlar) mavjud: jarayon (process), vazifa (job), 


37 
topshiriq (task). Ushbu atamalarni sinonim deb hisoblashimiz 
mumkin.
Jarayonning muhim xususiyati: bu ketma-ket bajarilishi kerak 
bo‘lgan hisoblash birligi, ya’ni, har bir jarayon o‘zining ketma-ket 
boshqarish oqimiga (control flow) ega - bu jarayon tomonidan 
bajariladigan buyruqlar ketma-ketligidir. Operatsion tizim tomonidan 
yaratilgan va boshqariladigan jarayon quyidagi asosiy ma’lumotlarni 
o‘z ichiga oladi:

dastur hisoblagichi (program counter - PC) - bajarilayotgan 
joriy buyruq manzili; odatda qurilmalarning maxsus tizim registrida 
saqlanadi; 

Stek 

bu 
operatsion 
tizim 
tomonidan 
jarayon 
protseduralarining 
lokal 
ma’lumotlari, 
ularning 
parametrlari 
(argumentlari) va hisob-kitoblarni tashkil qilish uchun zarur bo‘lgan 
ma’lumotlar o‘rtasida saqlanadigan, jarayonni yaratishda operatsion 
tizim tomonidan ajratilgan asosiy xotiraning doimiy maydoni. Keyingi 
protsedurani ishga tushirishda, faollashtirish yozuvi (activation 
record) stekda beriladi, shuningdek, protseduraning hozirgi avlodining 
lokal ma’lumotlarini saqlash uchun stek kadri (stack frame) va lokal 
ma’lumotlar maydoni (local data area) deb ataladi.

Ma’lumotlar bo‘limi (data section) – bu operatsion tizim 
tomonidan global o‘zgaruvchilar, massivlar, tuzilmalar, obyektlar 
saqlanadigan jarayonga ajratilgan asosiy xotiraning statik (doimiy 
ravishda ajratilgan, doimiy o‘lchamdagi) maydoni. Jarayonning 
bajariladigan kodi (buyruqlar) dastlab ikkilamchi xotirada (diskda) 
saqlanadi va unga kirishda to‘liq yoki qisman asosiy xotiraga 
yuklanadi.

Yüklə 3,32 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   253




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin