368
operatsion tizimlarda bo‘lgani kabi,
Windows amaliy dasturlarni
asosiy OT dasturiy ta’minotidan ajratadi. Bajaruvchi yadro, qurilma
drayverlari va apparat abstraktsiyasi qatlamini o‘z
ichiga olgan xat
yadro rejimida ishlaydi. Yadro rejimi dasturi tizim ma’lumotlari va
qo‘shimcha qurilmalarga kirish huquqiga ega. Foydalanuvchi rejimida
ishlaydigan qolgan dasturiy ta’minotlar, tizim ma’lumotlariga
cheklangan kirish huquqiga ega.
Windows yuqori modulli arxitekturaga ega. Har bir fayl
tizimining funksiyasi faqat bitta OT komponenti tomonidan
boshqariladi. Qolgan OT va barcha
dasturlar ushbu funksiyaga
standart interfeyslardan foydalangan holda javobgar komponent orqali
kirishadi. Tizimning kalit ma’lumotlariga faqat tegishli funksiyalar
orqali kirish mumkin. Umuman olganda,
har qanday modul, butun
tizimni yoki uning standart dasturiy interfeyslarini qayta yozmasdan
olib
tashlanishi, yangilanishi yoki o‘zgartirilishi mumkin. Windows
yadro rejimining komponentlari quyidagilardan iborat:
Bajaruvchi
(executive): Xotirani boshqarish,
jarayonlar va
oqimlarni boshqarish, xavfsizlik, kiritish/chiqarish,
va jarayonlararo
aloqa kabi operatsion tizimning asosiy xizmatlarini o‘z ichiga oladi.
Yadro
(kernel): Protsessorlarning ishlashini boshqaradi.
Yadro oqimlarni rejalashtirishni, jarayonlarni almashtirishni, istisnolar
va uzilishlarni qayta ishlashni, hamda ko‘pprotsessorli sinxronlashni
boshqaradi. Qolgan bajaruvchi va foydalanuvchi
darajalaridan farqli
ravishda, yadro o‘z kodi oqimlarda ishlamaydi.
Dostları ilə paylaş: