U. R. Xamdamov, dj. B. Sultanov, S. S. Parsiyev, U. M. Abdullayev



Yüklə 3,32 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə224/253
tarix07.01.2024
ölçüsü3,32 Mb.
#209072
1   ...   220   221   222   223   224   225   226   227   ...   253
os

Foydalanuvchi 
rejimidagi 
jarayonlar
(user 
mode 
processes). Windows foydalanuvchi rejimining to‘rtta asosiy turini 
qo‘llab-quvvatlaydi: 

Tizimning maxsus jarayonlari
(special system processes): 
seans menejeri, autentifikatsiya quyi tizimi, servis menejeri va tizimga 
kirish kabi tizimni boshqarish uchun zarur bo‘lgan foydalanuvchi 
rejimlari xizmatlari. 

Xizmat ko‘rsatish jarayonlari
(service processes): chop 
etish menejeri, hodisalarni ro‘yxatga olish, qurilma drayverlari bilan 
o‘zaro aloqada bo‘lgan foydalanuvchi rejimlari, turli xil tarmoq 
xizmatlari va boshqalar. Xizmatlar Microsoft va boshqa dasturiy 
ta’minot ishlab chiquvchilari tomonidan tizimning funktsional 
imkoniyatlarini kengaytirish uchun ishlatiladi, chunki ular Windows 
tizimida fondagi foydalanuvchi rejimini boshqarishning yagona usuli 
hisoblanadi.

Quyi tizimlar muhiti
(Environment subsystems): turli xil 
OT muhitlarini taqdim etadi. Win32 va POSIX quyi tizimlarini 
qo‘llab-quvvatlaydi. Har bir muhit quyi tizimi o‘z ichiga quyi tizim 
jarayonida va/yoki Windows tizimidagi foydalanuvchi chaqiriqlarini 
ALPC chaqiriqlariga o‘zgartiradigan quyi tizim va dinamik bog‘lanish 
kutubxonalaridan (DLL) foydalanadigan barcha dasturlar tomonidan 
almashinadigan quyi tizim jarayonlarini oladi.

Foydalanuvchi ilovalari
(user applications): bajariladigan 
fayllar (exe) va DLL kutubxonalar, ya’ni foydalanuvchilar tizimni 
yaratishda ishlatadigan funksional imkoniyatlarni ta’minlaydi. Exe va 


371 
DLL odatda muhitning ma’lum bir quyi tizimiga qaratilgan, lekin OT 
tarkibiga kiruvchi ba’zi dasturlar o‘zlarining tizim interfeyslaridan 
(NT API) foydalanadilar. Shuningdek, 64 razryadli tizimlarda 32 
razryadli dasturlarni ishga tushirishni qo‘llab-quvvatlaydi.
Boshqa 
versiyalarda 
interfeysni 
o‘zgarishi, muhandislik 
yaxshilanishi, ishlash unumdorligini yaxshilanishi, ishonchlilik, 
xavfsizlik, oqimlarni qo‘llashni yaxshilanishi, energiya samaradorligi 
yaxshilanishlarini keltirib o‘tish mumkin.

Yüklə 3,32 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   220   221   222   223   224   225   226   227   ...   253




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin