369
kengaytmalarini amalga oshirish uchun dasturiy ta’minot qismlarini
tarjima qiladigan qurilma vositalari drayverlari kiradi.
Oynalar va grafik tizim
(Windowing and graphic system):
GUI funksiyalarini bajaradi, masalan, oynalar bilan ishlash,
foydalanuvchi interfeysini boshqarish va chizish.
Windows bajaruvchisi maxsus tizim komponentlarini o‘z ichiga
oladi va foydalanuvchi rejimi dasturi uchun API ni taqdim etadi.
Quyida har bir boshqaruv modulining qisqacha tavsifi keltirilgan:
Kiritish/chiqarish
menejeri
(I/O
manager):
kiritish/chiqarish qurilmalarini dasturga kirish imkoniga ega bo‘lishini
ta’minlaydi va keyingi qayta ishlash qurilmasi uchun mos keladigan
drayverlarni yuborish uchun javobgardir.
Kesh menejeri
(cache manager): fayllarga asoslangan
kiritish/chiqarish operatsiyalarini samaradorligini oshiradi.
Obyekt menejeri
(object manager): jarayonlar, oqimlar va
sinxronizatsiya
obyektlari
kabi
resurslarni
ifodalash
uchun
foydalaniladigan
Windows
bajaruvchi
obyektlarini
yaratadi,
boshqaradi va yo‘q qiladi. Obyektlarni saqlash, nomlash va
xavfsizlikni ta’minlash uchun yagona qoidalarni qo‘llaydi. Obyekt
menejeri shuningdek har bir jarayonni tavsiflovchi jadvalida
yozuvlarni yaratadi, bular kirishni boshqarish ma’lumotlari va obyekt
ko‘rsatgichlaridan iborat.
Dostları ilə paylaş: