ekspluatatsion yo'qotilish
deyiladi
Foydali qazilmani qazib olishda rudadan tashqari puch jinslar ham qazib
chiqariladi. Ularning bir qismi saralanib rudadan ajratib yer yuzasiga alohida
chiqariladi, ya'na boshqa bir qismi qazib olish jarayonida rudaga aralashib
ketadi. Yer yuzasiga ruda bilan birga chiqarilayotgan aralashgan puch
jinslarga
ruda massasi
deyiladi. Ruda va puch jinslarni alohida-alohida yer
yuzasiga chiqarilgan qismiga "ruda massasi " va puch jinslarni esa
kon jinslari
deyiladi.
1-rasm. Qazib olingan kon massasidagi zahiraning bog’lanish sxemasi.
Qattiq foydali qazilmalar zahirasi o'rganilgan va razvedka qilinganlik
darajasiga qarab A, B, S
1
va avvaldagi baholangan
S
2
kategoriyalarga
bo'linadi. Qattiq foydali qazilmalarni bashorat qilingan resurslarini
asoslanganlik darajasiga bog'liq holda R
1
;
R
2
va
R
3
kategoriyalarga ham
bo'linadi.
A - kategoriyasi
- zahirasi razvedka qilingan; o'lchamlari belgilangan;
foydali qazilmaning tabiiy joylashish sharoiti va shakli aniqlangan, foydali
qazilma ichida joylashgan atrof tog' jinslarining tarhi ajratilgan; tabiiy
sharoitda hosil bo'lgan minerallarning turlari aniqlangan; foydali qazilmaning
ichki tuzilishi va tabiiy joylashish sharoiti belgilangan; foydali qazilmaning
sanoatga yaroqli turlari ajratilgan va belgilangan; foydali qazilmaning tar hi
belgilangan va lahimlar yordamida aniqlangan zahiradir.
B
-
kategoriyasi
-
zahiralari razvedka qilingan va to'liq o'rganilgan; foydali
qazilma yotqizig'ini asosiy xususiyatlari: joylashishi, shakli va foydali
qazilmani tuzilish xarakteri aniqlangan; mineral xomash’yoni sanoat
ahamiyati navlari, tabiiy turlari va ularni taqsimlash qonuniyatlari
aniqlangan. Foydali qazilma tanasi orasidagi noruda va uning konditsiyasi
me'yoriy hujjatda belgilangan miqdordan kam bo'lgan uchastkalarni chegarasi
aniq bo'lmagan konning turi; foydali qazilmani asosiy texnologik xususiyati
va tabiiy omillari aniqlanib, konni ekspluatatsiya qilishning asosiy shart-
sharoitlari aniqlangan. Foydali qazilmalar zahirasining chegarasi razve dka
lahimlari o'tishda olingan ma'lumotlar asosida belgilangan bo'ladi.
S
1
kategoriyasi
- zahiralari razvedka qilingan; foydali qazilmaning
o'lchami va shakli belgilangan; foydali qazilmaning texnologik xususiyati
sanoatga yaroqli deb baholash uchun yetarli darajada o'rganilgan; foydali
qazilmaning tarxi aniqlangan va lahimlar yordamida belgilangan; ularning
taqsimlanish qonuniyati aniqlangan; foydali qazilma tanasi, noruda va
konditsiyasi past o'lchamdagi uchastkalarning xarakteri va asosiy ruda tanas i
asosiga nisbati juda aniq bo'lmagan chegara bilan cheklangan; asosiy
texnalogik xususiyatlari va boshqa omillarni, sifatini qo'shimcha aniqlash
talab etiladi. Foydali qazilma zahirasini chegaralari razvedka ma'lumotlari
asosida aniqlangan bo'lishi kerak.
S
2
kategoriyasi
- zahiralari oldindan baholangan; foydali qazilmani
yotqizilish sharoiti, shakli va uni tarqalish doirasi, tabiiy turi geologik va
geofizik ma'lumotlar asosida aniqlangan; foydali qazilmaning xususiyatlari
laboratoriya sharoitida aniqlangan; foydali qazilmalarni ma'lum nuqtalarini
olib, o'xshash konlar uchastkalariga nisbatan aniqlangan; geologik
ma'lumotlariga asoslanib foydali qazilmaga yo'l ochish mumkinligi
belgilangan; foydali qazilmani sifati birlamchi namuna (proba) va yondosh
kondan olingan ma'lumotlar asosida aniqlangan.
Yangi konchilik korxonasini qurish yoki ishlab turgan konni (qazib
oluvchi korxonani) qayta qurish ishlarining loyihasini tuzish uchun foydali
qazilma konlar zahirasini davlat zahira komissiyasi tomonidan tasdiqlangan
balans zahirasiga ega bo'lgandagina ruxsat etiladi, bunda ham A, B va S
kategoriyalar bo'yicha zahira nisbati ma'lum bo'lgan holda.
Zahiralarni kategoriyalar buyicha loyihalash uchun nisbati % hisobiga
quyidagi 1-jadvalda keltirilgan.
Qattiq foydali qazilmalarni qazib olish uchun loyi halashdagi har xil
kategoriyadagi zahiralashning nisbati (%)
Jadval-1
Zahiralar kategoriyasi
Metalli va foydali qazilmalar
Ko'mir va yoquvchi slanslar
Geologik tuzilishi bo'yicha murakkab konlar guruhi
Oddiy
Murakkab
Juda
murakkab
O’ta
murakkab
Oddiy
Murakkab
Juda
murakkab
A +B
30
20
50
50
Shu jumladan Ai kam
boyimagan
10
20
S
1
70
80
80
50
50
S
2
20
50
50
100
Dostları ilə paylaş: |