Reja:
I.Kirish
. Abdulla Qahhor hayot va ijod yoʻliga bir nazar.
II.Asosiy qism:
1.Abdulla Qahhorning satirik hikoyalarining oʻziga xosligi.
2.Abdulla Qahhorning hikoyalarida xotin-qizlarning obrazi.
III.Xulosa.
IV.Foydalanilgan adabiyotlar.
Kirish
Abdulla Qahhorning hayot va ijod yoʻli
.
Oʻzbek adabiyoti taraqqiyotiga katta hissa qoʻshgan Abdulla Qahhor 1907-
yili Qoʻqon shahrida temirchi oilasida dunyoga keldi. Oʻrta maʼlumotni Qoʻqonda
olgan Abdulla 1925 -yilda Toshkentga kelib, “Qizil Oʻzbekiston” gazetasida
ishlaydi.
U Oʻrta Osiyo Davlat universitetining pedagogika fakultetida (1930) tahsil
oldi. Yozuvchi “Sovet adabiyoti” jurnalida masʼul kotib, Oʻzbekiston Davlat
nashriyotida muharrir lavozimlarida ishladi (1954–1956).
Abdulla Qahhorning ijodi 1924-yildan boshlangan. Dastlab “Mushtum”
jurnalida, “Yangi Fargʻona” gazetasida uning hikoya, felyeton, xabarlari bosildi.
Yozuvchining “Olam yasharadi” nomli birinchi hikoyalar toʻplami 1935 -yilda
chop etilgan.
30-yillarda adibning uchta “Hikoyalar” toʻplami (1935,1938,1939)
kitobxonlar qoʻliga tegdi. Bu davrda Abdulla Qahhor kichik hikoyalardan tashqari
“Sarob” (1935) romanini yozdi.
Urush yillarida yozuvchining bir qancha felyeton, ocherk va hikoyalari eʼlon
qilindi. “Asror bobo”, “Dardaqdan chiqqan qahramon”, “Kampirlar sim qoqdi”,
“Xotinlar”, “Oltin yulduz” kabi oʻnlab hikoya va qissalarida oʻzbek jangchilarining
mardligi, xalqimizning mehnatdagi jonbozliklari, yuksak vatanparvarligi
ifodalangan.
Yozuvchining urushdan keyingi yillarda yaratgan “Qoʻshchinor chiroqlari”
(1951) romani jamoalashtirish mavzuiga bagʻishlangan.
U oʻzining “Shohi soʻzana” (1951), “Ogʻriq tishlar” (1954), “Tobutdan
tovush” (1962), “Ayajonlarim” (1967) komediyalari bilan oʻzbek dramaturgiyasi
1 “Oʻzbek adiblari” (S. Mirvaliyev, R. Shokirova. Toshkent, Gʻafur Gʻulom nomidagi adabiyot va sanʼat nashriyoti
2016) kitobidan.
rivojiga salmoqli hissa qoʻshdi. Ayniqsa, “Shohi soʻzana” pyesasida dramaturg qoʻ
riq va boʻz yerlarni oʻzlashtirish mavzuini zoʻr mahorat bilan yoritdi. Pyesa
respublikamiz va qator xorijiy mamlakatlar sahnalarida muvaffaqqiyatli namoyish
qilindi. Yozuvchining “Sinchalak” (1958), “Oʻtmishdan ertaklar” (1965),
“Muhabbat” (1968) qissalari oʻzbek nasrining taraqqiyotiga muhim hissa boʻlib qo
ʻshildi.
U “Oʻtmishdan ertaklar” qissasi uchun Respublika Davlat mukofotiga
sazovor boʻlgan. “Oʻzbek kitobxonlari Abdulla Qahhor tarjimasida M. Gorkiyning
“Mening dorilfununlarim”, N.V. Gogolning “Revizor”, L.N. Tolstoyning “Urush va
tinchlik” romani (I, II kitoblari) va boshqa bir qator asarlarni oʻz ona tillarida oʻ
qishga muvaffaq boʻlganlar”.
1
Oʻzbekiston xalq yozuvchisi Abdulla Qahhor mustaqillik yillarida oʻzbek
adabiyoti va madaniyati rivojiga qoʻshgan ulkan hissasi uchun “Buyuk xizmatlari
uchun” ordeni bilan mukofotlangan.
Gapning indallosini aytsak, adabiyotimizning mustaqillikdan keyingi
qiyofasini men boshqacha tasavvur qilganman. Istiqlol adabiyoti — haqiqat
adabiyoti, shijoat adabiyoti, havasga arzigulik hurriyat va ma’rifat adabiyoti oʻ
laroq shakllanadi deb oʻylaganman. Yurti ozod, tili, dili erkin ijodkor nega mutelik
va ojizlikka koʻnsin? Yolgʻon va tilyogʻlamalikka ne hojat? Sayozlik, maddohlik,
ofarinbozlikdan ijod ahli har qalay xalos bo’lar deb umid qilganman. Iste’dodsiz
ijodkorlar, yaroqsiz asarlarning yoʻli toʻsilishiga ishonch boʻlgan menda. Qarangki,
xayol boshqa — hayot boshqa ekan... Adabiyot taqdiri yurt va millat taqdiri bilan
uzviy bogʻliq. Millat ruhi butun murakkabligi va ziddiyatlari bilan avvalo,
adabiyotda aks etmogʻi lozim. Millatning qalb dardlariga ham dastlab adabiyot
malham topadi. Chunki xalqning yashash zavqi susaysa — gʻayrati susayadi.
Ma’naviy-ruhiy gʻayrat pasaysa — fikr va tashabbus toʻxtaydi. Bunga birinchi
navbatda adabiyot mas’ul. Abdulla Qahhor aytganidek, “Adabiyot atomdan
kuchli...”
Agar uning kuchi “oʻtin yorish”ga sarf qilinmasa, adabiyot pokiza va
muqaddas ish boʻlib qolsa, hech shak- shubha yoʻqki, badiiy soʻzning kuch-
quvvati ortib boradi.
Mustaqillik arafasida, maʻlum bir muddat undan keyin ham Gʻafur Gʻulom,
Oybek, Abdulla Qahhor kabi buyuk adiblar ijodiga bir oz bepisand, shubha bilan
qaraganlar ham boʻldi. Ularning ijodiy yutuqlari, milliy adabiyotning haqiqiy
adabiyot boʻlishi uchun chekkan zahmat va azoblarini nazarga ilmaganlar ham
maydonga chiqa boshladi. Ammo bunday notoʻgʻri munosabat natijasida
adabiyotimiz rivojlanib qolgani yoʻq. Aksincha, ikki jumla fikrni eplab
yozolmaydigan, ijod mohiyatini nihoyatda yuzaki tushunib qogʻoz qoralaydiganlar
safi kengayib ketdi. Oʻquvchilar oldida adabiyotning qadr-qimmati, yozuvchining
obro’-e’tibori pasaydi. Agar badiiy ijodga Abdulla Qahhor yoki Oybek nigohi bilan
qarab, ularning badiiyat maktabidan ta’lim olib, tajribalaridan xulosalar
chiqarilganida shunday boʻlarmidi? Menimcha, ahvol nisbatan boshqacha boʻlur
edi. E’tibor bergan boʻlsangiz, keyingi vaqtlarda yozuvchilar yangi asarlari necha
sahifadan iborat ekanidan ham gʻururlanib gapiradigan boʻlib qoldi: “Men falon
betlik hikoya yozdim, yuz ellik betlik essemni tugatdim” va hokazo. Yozuvchining
asar badiiyati haqida emas, hajmi toʻgʻrisida soʻzlashi nimani anglatadi? Beixtiyor
Abdulla Qahhorning soʻzlari xotirga keladi: “Adabiy asar yozish uchun, hech
shubhasiz, talant kerak. Lekin yozilgan narsani oʻchirish, kitobxonga zarur
narsanigina qoldirish uchun talantning oʻzigina kifoya qilmaydi, insof ham kerak”.
Taassufki, hozirgi paytda insofli iste’dodlar kam, iste’dodsiz beinsoflar koʻproq.
Aytishlaricha, Mirtemir domlaga bir tavsiyanoma zarur boʻlib qolganida Abdulla
Qahhorga murojaat qilgan ekan. Shunda Abdulla Qahhor Mirtemirga “Ziyod va
Adiba” kabi badiiy jihatdan boʻsh asarlarga muharrirlik qilganini eslatib,
tavsiyanoma bermasligini bildirgan ekan. Oʻzingiz ayting, Abdulla Qahhor
adabiyot manfaatini hatto isteʻdodli ijodkor manfaatidan ham yuksak qoʻ
ymagan.Zamonaviy oʻzbek hikoyachiligining rivojida Qahhorning oʻrni, hissasi
nihoyatda katta. XX asr yangi oʻzbek adabiyotida realistik hikoya janrining
shakllanishi va rivoji, avvalo, shu adibning nomi bilan bogʻliq. Toʻgʻri, Qahhorga
qadar ham ayrim yaxshi hikoyalar yozilgan. A. Qodiriyning “Uloqda”, Choʻ
lponning “Oydin kechalarda”, “Qor qoʻynida lola”, “Novvoy qiz” asarlari oʻzbek
adabiyotida realistik hikoyalar yaratish yoʻlidagi dadil intilishlar boʻlgan edi.
Qahhor ana shu tajriblarga tayanib, oʻzbek hikoyachiligini zamonaviy jahon
hikoyachiligi darajasiga koʻtardi va oʻzbek realistik hikoyachiligining asoschisi
degan nom oldi. “Abdulla Qahhorning shunday hikoyalari borki, ularni jahon
novellistik adabiyotining eng yaxshi namunalari bilan bir qatorga qoʻyish
mumkin”, — deb yozgan edi rus tanqidchisi V. Smirnova.Shunday savol tugʻiladi:
Nega yozuvchining ilhom toʻla mahorat bilan yozilgan eng barkamol hikoyalari,
xususan, oʻtmishdan olib yozilgan novellalari 30-yillarning ikkinchi yarmida
maydonga keldi? Bu hikoyalar maydonga kelgan davrni eslaylik.Totalitar rejim
siyosati, Stalin qatagʻonlari, inson haq-huquqlari sha’nini toptash avjiga chiqqan
yillar edi bu davr. Ana shunday bir sharoitda koʻplab qalamkashlar shoʻro davrini,
Dostları ilə paylaş: |