1-mavzu. “Makroiqtisodiyot” ga kirish reja


Makroiqtisodiyot umumiy iqtisodiy nazariyaning bo„limi hisoblanib, unda



Yüklə 80,65 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/8
tarix07.01.2024
ölçüsü80,65 Kb.
#209434
1   2   3   4   5   6   7   8
1-mavzu. Ma\'ruza matni

Makroiqtisodiyot umumiy iqtisodiy nazariyaning bo„limi hisoblanib, unda 
milliy xo„jalik darajasida iqtisodiyotning fundamental muammolari tadqiq 
qilinadi.
Makroiqtisodiy nazariyaning ikki ko„rinishi o„zaro farqlanadi: 
a) pozitiv makroiqtisodiyot; 
b) normativ makroiqtisoiyot. 
Pozitiv makroiqtisodiyot real iqtisodiy hodisalarni va ularning aloqador-liklarini 
o„rganadi. 
Normativ makroiqtisodiyot esa qaysi sharoitlar yoki jihatlar maqbul yoki 
nomaqbul ekanligini belgilaydi, harakatning aniq yo„nalishlarini taklif etadi.
Shu joyda iqtisodiy nazariyaning ikki mustaqil bo„limi sifatida makroiqtisodiyot 
va mikroiqtisodiyot fanlarining predmetlarini o„zaro farqlab olishimiz zarur.
Mikroiqtisodiyot predmeti bo„lib “belgilangan” iqtisodiy shart-sharoitlarda uy 
xo„jaliklari va firmalar darajasida iqtisodiy qaror qabul qilish mexanizmi 



hisoblanadi.
1
Mikroiqtisodiy tahlil ob‟ekti bo„lib alohida tovarlar bozorlari, resurslar 
bozorlari, ulardagi talab va taklif hisoblansa makroiqtisodiyotda milliy iqtisodiyot 
darajasida mehnat, pul, tovarlar va xizmatlar bozorlarining o„zaro munosabatlari va 
o„zaro ta‟sirini tahlil qilinadi. 
Mikroiqtisodiyotda “belgilangan” deb qabul qilingan, ya‟ni mikroiqtisodiy 
tadqiqot 
predmeti 
hisoblanmaydigan 
ko„pgina 
ko„rsatkichlar, 
jumladan 
iste‟molchilarning daromadlari, jamg„armalari, foiz stavkasining dinamikasini va 
buni belgilovchi omillarni makroitisodiyot tadqiq qiladi. 
Makroiqtisodiyot yalpi ishlab chiqarishining barqaror o„sishini, resurslarning 
to„liq bandliligini, inflatsiyaning past sur‟atlarini va to„lov balansining muvozanatini 
ta‟minlash nuqtai nazaridan mamlakat iqtisodiyotini bir butun holda tadqiq qiladi va 
uni makroiqtisodiy tartibga solishning iqtisodiy mexanizmlarini o„rganadi.
2
Keltirilgan ta‟rifdan ko„rinib turibdiki makroiqtisodiyot predmetida o„zaro 
bog„liq uch jihatni ajratib ko„rsatish mumkin. Bular: 
1)
milliy iqtisodiyot; 
2)
davlat tomonidan iqtisodiy siyosati yuritish va iqtisodiyotni tartibga solish; 
3)
jahon xo„jaligi doirasida milliy iqtisodiyotni boshqa mamlakatlar iqtisodiyoti 
bilan o„zaro munosabatlari masalasi. 

Yüklə 80,65 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin