8
Davlat o„z ishtiroki bilan firmalarning ishlab chiqarish hajmlari va uy xo„jaliklarining
tovarlar va xizmatlar xarid qilish miqdolari to„g„risidagi qarorlari o„zaro mos
kelmagan hollarda ro„y beradigan iqtisodiy tebranishlarni tartibga solib turadi. Ochiq
iqtisodiyot sharoitida doiraviy oqimlar modeli yanada murakkablashadi.
Endi unda
to„rtinchi makroiqtisodiy sub‟ekt- tashqi dunyo ham paydo bo„ladi. Chet el
investitsiyalarinig kiritilishi
va xorijga investitsiya qilish, eksport va import
operatsiyalari shu jumladan moliyaviy bozor orqali jamg„armalarning
investitsiyalarga oqib o„tishi va moliyaviy mablag„larning
qayta taqsimlanishini
e‟tiborga olsak ko„rib o„tilgan model mukammal emasligiga iqror bo„lamiz. Ammo
shu ko„rinishda ham bu model makroiqtisodiy jarayonlarni yaxlit holda tasavvur
qilishga imkon beradi.
Doiraviy oqimlar modelidan
chiqariladigan xulosa shuki, davlat, firmalar, uy
xo„jaliklari va tashqi dunyoning yalpi xarajatlari yalpi ishlab chiqarish hajmiga teng
bo„lishi resurslar, tovarlar va xizmatlar oqimlari (ya‟ni real oqim) bilan daromadlar
va xarajatlar oqimlari (ya‟ni pul oqimlari) o„zaro teng bo„lishining asosiy shartidir.
Yalpi xarajatlar hajmining oshishi ishlab chiqarish hajmlari
va ish bilan bandlilik
darajasining o„sishiga olib keladi. Bu esa o„z navbatida yalpi daromadlarning
oshishiga sabab bo„ladi. Kattaroq hajmdagi yalpi daromadlar
unga mos hajmdagi
yalpi xarajatlarni belgilab beradi. Sabab oqibat bog„lanishlari o„rin almashishi tufayli
doiraviy oqimlar modeli doiraviy aylanish ko„rinishini oladi. Iqtisodiyot barqaror
rivojlanib borishi uchun yalpi xarajatlar to„xtovsiz o„sib borishi shart.
Bu vazifa
budjet-soliq siyosati vositalari bo„lgan soliqlarni hamda davlat xarajatlarini
o„zgartirish hamda pul-kredit siyosati vositalari yordamida pul massasini o„zgartirish
orqali bajariladi.
Dostları ilə paylaş: