59
Daromad bo‘yicha talabning egiluvchanligi
Daromad bo‘yicha talabning egiluvchanligi tovarga talab hajmining va
iste’molchilar daromadining nisbiy o‘zgarishlari o‘rtasidagi
nisbat bilan
belgilanadi.
Ko‘pchilik tovarlar uchun daromad bo‘yicha egiluvchanlik isbotidir.
Lekin ma’lum
bir holatlarda, daromadning oshishi sotib olingan ne’matlar
miqdorining kamayishi bilan qo‘shilib
kuzatilganda, u salbiy ham bo‘lishi
mumkin.
Taklifning egiluvchanligi
Taklifning egiluvchanligi – bu narxning nisbiy o‘zgarishi
va qaysi to-
varning taklif qilinayotgan miqdorining nisbiy o‘zgarishi o‘rtasidagi nis-
batdir.
Iqtisodiyot nazariyasida ishlab chiqaruvchilarda mavjud bo‘lgan
muvaqqat imkoniyatlarga bog‘liq bo‘lgan
muvozanatning uch tipini
farqlaydilar:
lahzalik muvozanat
– taklif o‘zgarmaydi, firmada taklifni o‘zgartirish
uchun vaqt yo‘q,
qisqa muddatli muvozanat
– taklif o‘sadi,
Lekin korxonalar soni
o‘zgarmaydi,
uzoq davom etadigan muvozanat
– korxonalar soni, foydalaniladigan
resurslar hajmi o‘zgaradi.
Dostları ilə paylaş: