Iqtisodiyot asoslari


Talab va taklifning elastik (egiluvchan)ligi



Yüklə 2,8 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə49/128
tarix07.01.2024
ölçüsü2,8 Kb.
#209444
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   128
iqtisodiyot asoslari

Talab va taklifning elastik (egiluvchan)ligi 
Talabning egiluvchanligi – bu sotish miqdorining narxning o‘zgarishiga 
bog‘liqligidir. 
Talabning baho egiluvchanligi 
Talabning baho egiluvchanligi tovar narxining o‘zgarishiga xaridorlar 
talabi kattaligini javobini ifodalaydi. 
Quyidagilarni farqlaydi: 
Elastik Talab
, narx pasayganda talab keskin o‘sadi, sotishlar soni va 
umumiy tushum ko‘payadi. 
Bir martalik egiluvchanlik
, narxning pasayishi sotishlar sonini oshishi 
bilan qoplanadi va umumiy tushum o‘zgarmay qoladi. 
Noelastik talab
, bunda narxning pasayishi sotuvlar hajmining sezil-
maydigan darajada o‘zgartiradi. Umumiy tushum pasayadi. 


59 
Daromad bo‘yicha talabning egiluvchanligi 
Daromad bo‘yicha talabning egiluvchanligi tovarga talab hajmining va 
iste’molchilar daromadining nisbiy o‘zgarishlari o‘rtasidagi nisbat bilan 
belgilanadi.
Ko‘pchilik tovarlar uchun daromad bo‘yicha egiluvchanlik isbotidir. 
Lekin ma’lum bir holatlarda, daromadning oshishi sotib olingan ne’matlar 
miqdorining kamayishi bilan qo‘shilib kuzatilganda, u salbiy ham bo‘lishi 
mumkin. 
Taklifning egiluvchanligi 
Taklifning egiluvchanligi – bu narxning nisbiy o‘zgarishi va qaysi to-
varning taklif qilinayotgan miqdorining nisbiy o‘zgarishi o‘rtasidagi nis-
batdir. 
Iqtisodiyot nazariyasida ishlab chiqaruvchilarda mavjud bo‘lgan 
muvaqqat imkoniyatlarga bog‘liq bo‘lgan muvozanatning uch tipini 
farqlaydilar: 
lahzalik muvozanat
– taklif o‘zgarmaydi, firmada taklifni o‘zgartirish 
uchun vaqt yo‘q, 
qisqa muddatli muvozanat
– taklif o‘sadi, Lekin korxonalar soni 
o‘zgarmaydi, 
uzoq davom etadigan muvozanat
– korxonalar soni, foydalaniladigan 
resurslar hajmi o‘zgaradi. 

Yüklə 2,8 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   128




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin