2. Texnik taraqqiyot va unumdorlik. Ishlab chiqarish xarajatlariga texnologiyadagi o‘zgarishlar ham ta’sir
qiladi. Oldingilaridan samaraliroq uskunalardan foydalanish, ishlab
chiqarishni avvalgisidan ancha oqilonaroq tashkil qilish va yangi
texnologiyalarni joriy qilish unumdorlikning o‘sishi va ishlab chiqarish xa-
rajatlarining pasayishiga olib keladi. Bir xil boshqa sharoitlarda unumdor-
likning o‘sishi taklif qiyshiq chizig‘ining o‘ngga ko‘chishini keltirib
chiqaradi.
3. So’nggi shartlar. Ob-havoning o‘zgarish va tebranishlari qishloq xo‘jalik ishlab
chiqarishga juda katta ta’sir ko‘rsatadi. Alohida qulay ob-havo sharoitlari
juda katta hosil to‘plash va yig‘ib olishga imkoniyat beradi, noqulay ob-
havo sharoitlari esa teskari natijalarga olib keladi. Ob-havoning tebranishla-
ri qishloq xo‘jalik ishlab chiqarishi xarajatlariga sezilarli ta’sir ko‘rsatadi.
Qulay ob-havo sharoitlari taklif qiyshiq chizig‘ining o‘ngga, noqulay sha-
roitlar esa bu chiziqning chapga ko‘chishiga yordam beradi.
4. Soliqlar va subsidiyalar. Tovarni bozorga chiqarish uchun zarur bo‘lgan xarajatlar bu tovarlarga
solinadigan soliqlar yoki ishlab chiqaruv-chilarga taqdim etiladigan sub-
sidiyalarga bog‘liq ravishda o‘zgarishlari mumkin. Tovarlar va xizmatlarga
qo‘shilgan qiymat solig‘i kabi soliq turining joriy etilishi xuddi ishlab
chiqarish xarajatlari oshgandagidek natijalarga olib keladi: Taklifning
qiyshiq chizig‘i o‘ngga ko‘chadi.
Subsidiyalar – bu davlat mahsulot jo‘natuvchilarga taqdim etadigan,
qaytarib berilmaydigan ssudadir. Davlat faqat bir martalik ssuda berishi yo-
ki buning ehtimoli ko‘proq, uni aniq tovarni chiqarish obyekti bilan bog‘lab
qo‘yishi mumkin (masalan, ishlab chiqarilgan har bir tonna uchun 1000
so‘mdan to‘lab). Subsidiyalar taqdim etish xuddi ishlab chiqarish xarajatlari
pasayganidek natijalarga olib keladi: taklif qiyshiq chizig‘i o‘ngga ko‘chadi.