Iqtisodiyot asoslari


Talab qiyshiq chizig‘ining ko‘chishi sabablari



Yüklə 2,8 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə42/128
tarix07.01.2024
ölçüsü2,8 Kb.
#209444
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   128
iqtisodiyot asoslari

Talab qiyshiq chizig‘ining ko‘chishi sabablari. 
Daromadlarning ozgarishi. 
Ko‘pchilik holatlarda aholining real daromadlarining o‘sishi tovarlar va 
xizmatlarga talablarning oshishiga, uning pasayishi esa talabning tushishiga 
olib keladi. Qat’iy qilib aytganda, talab soliqlar olingandan so‘nggi daro-
madga bog‘liq. Daromad solig‘i va ijtimoiy ta’minot bo‘yicha nafaqalar mi-
qdorining o‘zgarishlari talabning kattaligi (hajmi) va talabning qiyshiq 
chizig‘ining holatiga sezilarli ta’sir ko‘rsatadilar. Biroq shunday ham 
bo‘ladiki, real daromadning oshishi qandaydir tovarga yoki xizmatga 
bo‘lgan talabning tushishiga olib kelishi mumkin. Ba’zida tovarlar quyi 
toifaga mansub bo‘ladilar, chunki real daromadlar oshganida ularni kamroq 
sotib oldilar. Qanday tovarlarning «quyi toifa»ga kiritilishi aholining tur-
mush darajasiga bog‘liqdir. Masalan, G‘arbiy Yevropada daromadlar oshib, 
ko‘plab odamlar o‘zlariga avtomobil sotib olish imkoniga ega bo‘lganlarida 
jamoat transportiga bo‘lgan talabning sezilarli darajada pasaygani kuzatil-
gan. 
Real daromadlarning oshishi quyi toifadagi tovarlarga bo‘lgan talabning 
qisqarishiga olib keladi. 
Boshqa mahsulotlar narxining o‘zgarishi. 
Ma’lumki, ko‘plab tovarlar o‘zlariga yaqin, ularning o‘rnini bosa oladi-
gan tovarlarga ega. Ulardan birining narxini o‘zgarishi uning o‘rnini bosu-
vchilarga bo‘lgan talabga ta’sir qiladi. Qaysidir nav narxning o‘sishi, shub-
hasiz, boshqa navlarga bo‘lgan talabning oshishiga olib keladi. 
O‘zaro bir-birini to‘ldiruvchi tovarlar.
Bunday tovarlarga talab bir vaq-
tda taqdim etiladi, chunki ularning bittasini qo‘llash ikkinchisini ham ishlat-


51 
ishni taqozo etadi. Masalan, fotoapparat va tasma (plyonka), avtomobil va 
benzin. Bunday hollarda ulardan biriga bo‘lgan talab u bilan qo‘shib ishlati-
ladigan tovar narxining o‘zgarishiga bog‘liq bo‘ladi. 

Yüklə 2,8 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   128




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin