50
Jadvaldagi uchinchi ustun talabning o‘zgarishi natijalarini ko‘rsatadi –
uning hajmi ko‘rsatilgan narxlarning istalgan har bittasida oshib boradi.
Talabning bu o‘sishi grafik (jadval)da talabning qiyshiq chizig‘ining
to‘laligicha o‘ngga ko‘chishi sifatida aks ettirilgan.
DD talabning boshlang‘ich qiyshiq chizig‘i, D
1
D
1
esa
qiyshiq
chiziqning talab oshgandan keyingi holatidir. Talab har qanday narxda ham
o‘sadi.
Shuningdek, talabning tushishi oqibatlarini ham keltirish mumkin.
Buning uchun biz talabning qiyshiq chizig‘ining boshlang‘ich holati D
1
D
1
deb faraz qilishimiz kerak. Talabning pasayishi u istalgan narxda ham ka-
mayadi degan ma’noni bildiradi (talabning qiyshiq chizig‘i DD tomoniga
ko‘chadi).
Talabning oshishi talab qiyshiq chizig‘ining o‘ngga ko‘chishini bildira-
di va bu talabning har qanday narx qo‘yilganida ham o‘sishga olib keladi.
Talabning kamayishi talab qiyshiq chizig‘ining chapga ko‘chishini bild-
iradi va bu har qanday narxda ham talabning pasayishiga olib keladi
.
Dostları ilə paylaş: