Iqtisodiyot asoslari



Yüklə 2,8 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə38/128
tarix07.01.2024
ölçüsü2,8 Kb.
#209444
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   128
iqtisodiyot asoslari

talab 
qonuni
deb ataydilar. 
Tajriba uncha katta bo‘lmagan istisnolardan tashqari hollarda talabning 
hajmi narx pasayganda oshishini ko‘rsatmoqda. Odatda, bu 
«talab qonuni»
sifatida bunday shakllanadi: 
boshqa sharoitlar bir xil bo‘lganida past 
narxlarda talab hajmi
yuqori narxlardagiga qaraganda ko‘proq bo‘ladi. 
«Boshqa sharoitlar teng, bir xil bo‘lganda» – bu qoidaning muhim 
qismidir. Biz bir qadar ishonch bilan tovarning narxi tushganida unga 
bo‘lgan talab ko‘proq bo‘ladi, deb ta’riflashimiz mumkin, lekin biz bunda 
boshqa omillarning o‘zgarmay qolishiga yo‘l qo‘ygan holdagina yuqoridagi 
fikrni tasdiqlashimiz mumkin. Agar tovarning narxi tushib boraversa, 
iste’molchilarning daromadlari, ularning didlari yoki boshqa tovarlarning 
narxlari ham o‘zgarib borsa, narxi pasaytirishning oqibatlari nimaga olib 
kelishini oldindan aytish qiyin bo‘lib qoladi. 


45 
Shuning uchun biz narxning o‘zgarishi talabning kattaligi (hajmi)ga 
ta’sir qilishi haqida gapirganimizda doimo bunda boshqa omillar o‘zgarmay 
qolishini nazarda tutishimizni yodda saqlashimiz muhimdir. 
 
 
Talab qiyshiq chizig‘ining shakli. 
Talabning qiyshiq chizig‘i – nuqtalari xaridor ma’lum vaqt davomida 
tovarlarning turlicha miqdorini qaysi narxlarda sotib olishlari mumkinligini 
ko‘rsatuvchi qiyshiq chiziqdir. 
Nimaga talabning qiyshiq chizig‘i pastga chapdan o‘ngga qarab 
yo‘naltirilgan? Nima uchun odamlar tovarlarni uning narxi tushganida 
ko‘proq oladilar va nega bahosi oshganida kamroq xarid qiladilar? Talab-
ning qiyshiq chizig‘i nega bunday shaklga ega ekanligini bir nechta izohi 
bor. Biz narxning o‘zgarishining ikkita natijasi bilan bog‘liq bo‘lgan oddiy 
izohni ko‘rib chiqamiz. 
Agar ushbu tovarning narxi tushayotgan bo‘lsa, iste’molchilarning 
daromadlari va boshqa tovarlarning baholari esa o‘zgarmay qolayotgan 
bo‘lsa, unda iste’molchilarning turmush darajasi ko‘tariladi: demak, endi 
ushbu tovarni boshqa tovarlar hisobiga emas, aynan uning narxi pasaygani 
sababli ko‘proq sotib olish mumkin. 
Biz qaysidir buyumni sotib olayotganimizda ularning qaysi birini tan-
lashimizga to‘g‘ri keladi, chunki ko‘pchilik tovarlarning ularga yaqin 
bo‘lgan, ularning o‘rnini bosa oladigan o‘zaro raqobatlashadigan tovarlar 
bor. Shuning uchun, tovarning narxi pasayganida, uning o‘rnini bosuvchi 
tovar narxlari bilan solishtirganda, ancha jozibador ko‘rinadi. Mazkur to-
varga talab hajmi iste’molchilar bu tovarlarning o‘rnini bosuvchilarning 
narxlari nisbatan qimmat bo‘lib qolgani uchun o‘rin bosuvchi tovarlarni 
olmay qo‘yganliklari sababli oshib ketadi. 
6 - D 









- 0 
10 20 30 40

(a) 
narx 
ming so‘m 
(b) talab shkalasi 
a) talabning qiyshiq chizig‘i 
b) 
narxlar 
(ming so‘m) 





1
 
haftadagi talab 
hajmi 

11 
15 
20 
26 
38 
Haftadagi talab hajmi 


46 
Tovar narxining ko‘tarilishi teskari natijalarga olib keladi. 

Yüklə 2,8 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   128




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin