Iqtisodiyot asoslari


ichki (milliy, bir davlat doirasidagi) va  tashqi



Yüklə 2,8 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə35/128
tarix07.01.2024
ölçüsü2,8 Kb.
#209444
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   128
iqtisodiyot asoslari

ichki
(milliy, bir davlat doirasidagi) va 
tashqi
bozorni
farqlash kerak bo‘ladi. 
Transport va aloqaning takomillashuvi, shuningdek, reklamadan foyda-
lanish bir tomondan, jahon iqtisodiyotining ayrim mamlakatlarda ishlab 
chiqarilayotgan tovarlarga o‘sib borayotgan talab ikkinchi tomondan
ko‘plab tovarlar uchun baynalmilal bozorlarning tuzilishiga olib keldi. 
Hozirgi zamon iqtisodiy tizimda jahon bozorlari shakllangan. Turli 
mamlakatlarning etakchi Ishlab chiqaruvchilarining nomlari butun dunyoga 
yaxshi ma’lum. Kauchuk, neft, bug‘doy, qand, kofe va choy kabi xom-
ashyolar ko‘p yillardan buyon aynan shu bozorlarda sotilmoqda. 
Ishlab chiqarishning – nima Ishlab chiqarish kerak? Qanday ishlab 
chiqarish kerak? Kim uchun ishlab chiqarish kerak? kabi asosiy muammola-
ri talab va taklif mexanizmi orqali hal qilinadi. 
Ishlab chiqarilgan yoki taklif etilayotgan tovarning har bir turi boshqa 
bozorlardan ishlab chiqarish omillari bilan farqlanuvchi o‘z bozorida sotila-
di. 
Ishlab chiqarish omillari bo‘yicha
quyidagilarni ajratish qabul qi-
lingan: 

Mehnat bozori (bozor munosabatlari sharoitida ish kuchi tovarga 
aylanadi). 

Er bozori (agar er tovar hisoblangan taqdirda). 

Pul kapitali bozori. 

Ko‘chmas mulk bozori. 

Xom ashyo bozori va hokazolar. 
Ishlab chiqaruvchilar soni o‘rtasidagi nisbat va ular orasidagi raqobat-
ning mavjumligi va iste’molchilarning soniga bog‘liq ravishda bozorlarning 
quyidagi modellarini farq qiladilar: 
1. 
Polipoliya 
(takomillashgan raqobat) – bir xil tovarning o‘ziga sotuvchi 
va xaridorlar sonining kattaligi. Qaysidir sotuvchining tovarga qo‘ygan 


42 
narxdagi o‘zgarishlari boshqa sotuvchilar orasida emas, faqat xaridorlar 
o‘rtasidagina tegishli javob (reaksiya)ni vujudga keltiradi. 
Muhim o‘ziga xos tomonlari
. Bozor har kim uchun ochiq. Bozorda 
hamma harakatlar ochiq ravshan amalga oshiriladi, amallarni bajarish 
jarayoni hech kimdan sir tutilmaydi. Narx -berilgan kattalik bo‘lib, har bir 
sotuvchi va xaridor mahsulotning narxi, miqdori, xarajatlar va bozordagi 
talab haqida to‘liq va haqqoniy axborotga ega bo‘ladilar. 
Biroq real mavjud bo‘lgan bozorlarning birortasi sanab o‘tilgan xusu-
siyatlar bilan ajralib turmaydi. Shuning uchun takomillashgan raqobat sxe-
masi asosan nazariy ahamiyatga ega. Shundoq bo‘lsa-da, u o‘ziga qaragan-
da ancha realroq bo‘lgan bozorlar tuzilmasini tushunish uchun kalitdir. 
Uning qiymati, ahamiyati ham aynan shundadir. 
2. 

Yüklə 2,8 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   128




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin