Iqtisodiyot asoslari


Narxlarni tartibga solish



Yüklə 2,8 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə32/128
tarix07.01.2024
ölçüsü2,8 Kb.
#209444
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   128
iqtisodiyot asoslari

Narxlarni tartibga solish. 
Ma’lumki, rivojlangan bozor iqtisodiyotida ishlab chiqaruvchi o‘z 
faoliyatining maqsadga muvofiq yo‘nalishlari haqidagi hamma axborotni 
tovarlar, xizmatlar, resurslarga bo‘lgan narxlarning tizimi orqali oladi. Bun-
ga «marketing» deb nom olgan Bozor strategiyasi va davlatning tegishli 
ravishda mo‘ljallantirilgan harakatlari yordam beradi. Davlat o‘z zimmasiga 
pul muomalasini to‘g‘ri tashkil qilish, bozorning iqtisodiyotining salbiy sa-


38 
maralari uchun tavon to‘lash, bunday natijalarni bartaraf etish yoki ularga 
yo‘l qo‘ymaslik uchun ma’suliyatni o‘z zimmasiga oladi.
Bozor xo‘jaligida aniq korxona yoki firma mahsulotni ishlab chiqarish 
va sotish xarajatlarining hisob-kitobiga shu mahsulotning bozordagi raqobat 
natijasida qo‘yiladigan narxi qarama-qarshi turadi. Ularning keyingisi sotu-
vchi va xaridor o‘rtasidagi erishilgan kelishuv (kompromiss) bo‘lgan 
talab 
va taklifning nisbatining
narxda aks ettirilishiga olib keladi. 
Shunday tarzda hosil bo‘ladigan mexanizmning amal qilishi ancha 
takomillashgan: jamiyatning talablari zaruriy izchillik bilan qondiriladi. 
Shunga qaramay ta’rifi keltirilgan mexanizm ayrim kamchiliklarga ham 
ega, ulardan eng muhimi vaqti-vaqti bilan tovarlarni ortiqcha ishlab 
chiqarishining vujudga kelishidir. Umuman olganda, albatta, bozor mex-
anizmining imkoniyatlari cheklangan emas. U hamma talablarni emas, balki 
so‘rov orqali ifodalangan talablarnigina qondirish imkonini beradi. Bunda, 
eng avvalo, jamoaviy foydalaniladigan tovarlar va xizmatlar yoki yana 
«ijtimoiy jamoaviy» tovarlar deb ataluvchi – milliy mudofaa, davlat 
boshqaruvi yagona energetika tizimi, jamoat tartibini saqlash va boshqalar 
tushib qoladi. So‘ngra, bozor tizimi insonga munosib hayot, ishlashni 
xohlovchi va bunga qobil bo‘lganlarga mehnat qilish huquqini ta’minlovchi 
farovonlikni ma’lum standartlarda amalga oshirishni kafolatlamaydi. Yirik 
investitsiya loyihalarini amalga oshirishda, tarixiy va milliy omillar bilan 
bog‘liq bo‘lgan mintaqaviy muammolarni hal qilishda bozor mexanizmi 
hamma vaqt ham samarali bo‘lavermaydi. 
Shunisi ham ravshanki, bozor ijobiy natija bera olmaydigan joyda 
davlatning aralashishi talab qilinadi. 
Hozirgi zamon iqtisodiyotidagi narxlar tizimi juda murakkab, lekin de-
tallashtirilishdan qochilsa, unining asosiy uchta turini keltirish mumkin. 

Yüklə 2,8 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   128




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin