Bozor mexanizmi – bu resurslarni shakllantirish va taqsimlash mex-
anizmi, sotuvchilar va xaridorlarning narxlar sifatini ishlab chiqarish hajmi
hamda uning tuzilmasini belgilash bo‘yicha o‘zaro harakatlari, hamkorlikla-
ri mexanizmidir.
Bozor mexanizmi murakkab tizim bo‘lib, u subyektlardan (sotuvchilar,
xaridorlar vositachilar, davlat va mahalliy hokimiyat organlari huquqni
himoya qilish idoralari); obyektlar (tovarlar va resurs bozorining turli xil-
lari, kapitalning qimmatbaho qog‘ozlar, bilimlar, texnologiyalar, yer, uy-
joylar bozori)dan subyektlar o‘rtasidagi aloqalar (korporatsiya, raqobat)dan,
narx mexanizmi, narxlarni shakllantirish mexanizmi va iqtisodiy resurslarni
taqsimlash)dan, iste’molchilar, ishlab chiqaruvchilar, davlat qabul qila-
yotgan qarorlar haqidagi axborotdan, kelishilgan qarorlarni qabul qilish
vositalari (muzokaralar, kontraktlar, sotsiologik tadqiqotlar)dan iborat
bo‘ladi.
Bozor mexanizmining masalasi, o‘zi sotuvchilar (ishlab chiqaruvchilar)
va xaridorlar (iste’molchilar) o‘rtasidagi munosabatlardir. Aynan ular to-
varlarning savdo-xarid jarayonini amalga oshiradilar. Bunda ular bu ishni
bevosita bir-birlari bilan o‘tkazishlari yoki bilvosita, uchinchi shaxslar
(vositachilar) orqali amalga oshirishlari mumkin. Bu halqacha ishlab
chiqaruvchidan to pirovard xaridorgacha qancha uzaytirilishidan qat’i nazar,
u bozor mexanizmining o‘zini bekor qila olmaydi. Aksincha, bu ish uni an-
cha murakkabroq, chalkashroq, tovarning narxini esa ancha balandroq qiladi.
Biroq bu jarayonda so‘nggi qarorni, hal qiluvchi so‘zni Ishlab chiqaruvchi va
iste’molchi qabul qiladi va aytadi. Agar ularga vositachilar bilan savdo-xarid
bo‘yicha oldindan kelishib olinib, tegishli shartnoma, kontrakt tuzib olishlari
mumkin. Shartnoma bo‘yicha sotuvchi kelishilgan tovarni belgilangan
muddatda jo‘natish, xaridor esa uning uchun oldindan belgilangan narxda haq
to‘lab sotib olish majburiyatlarini olishadi.