Iqtisodiyot asoslari



Yüklə 2,8 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə37/128
tarix07.01.2024
ölçüsü2,8 Kb.
#209444
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   128
iqtisodiyot asoslari

Nazorat savollari 
1. Ichki va tashqi bozor o‘rtasida qanday asosiy farqlar bor? 
2. Bozorlarning ishlab chiqarish belgilari bo‘yicha tasniflanishidan ke-
lib chiqib uylar, neft, g‘alla, bug‘doy, guruch sotiladigan bozorlarni aytib 
bering. 
3. Siz bozorlarning qaysi modellarini bilasiz? 


44 
TAKOMILLASHMAGAN BOZORLARDA
TAKOMILLASHGAN RAQOBAT MODELLARIGA
NARX QO‘YISH 
 
Narx va bozor 
Baho va qiymat nima?
Iqtisodda, «qiymat», aynan almashinuvdagi qiymat so‘zi alohida 
ma’noga ega. Boshqacha qilib aytganda, narsa, buyumning qiymati uni al-
mashtirish mumkin bo‘lgan predmetlar orqali ifodalanadi. 
Pulda ifodalangan baho (narx) almashish qiymatining o‘lchovidir. U 
ushbu buyum boshqalarga nisbatan qancha turishini ko‘rsatadi. 
Biz sotib oladigan ko‘pchilik tovarlarning narxini 
bozor omillari, 
ya’ni 
talab va taklif belgilaydi. 
Taklif – bu odamlarning tovarlarni sotishga 
chiqarishga tayyorgarligi va imkoniyati, talab esa – bu odamlarning 
ushbu tovarlarni sotib olishga tayyorligi va imkoniyatlari. 
Talab. 
Iqtisodiyotda «talab» so‘zi tovar yoki xizmatni xarid qilish, qo‘lga ki-
ritish istagi, shuningdek, ular uchun haq to‘lashga tayyorgarlik va imkoniyat 
ma’nosini bildiradi. Boshqacha qilib aytganda, tovar yoki xizmatning taklifi 
faqat ularga talab bo‘lgan paytdagina mavjud bo‘ladi. 
Talab – bu mahsulotning iste’molchilar ma’lum bir narxlarda, vaq-
tning ma’lum bir davrida sotib olishga tayyor bo‘lgan miqdoridir. 
Narx va xaridorlar miqdori o‘rtasida bog‘liqlik borligini payqash qiyin 
emas, ya’ni tovarning narxi qancha past bo‘lsa, u shuncha ko‘p miqdorda 
sotib olinishi mumkin. Bu bog‘liqlikni iqtisodiyot nazariyasida 

Yüklə 2,8 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   128




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin