Iqtisodiyot asoslari


Bozor narxi (muvozanat bahosi)



Yüklə 2,8 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə40/128
tarix07.01.2024
ölçüsü2,8 Kb.
#209444
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   128
iqtisodiyot asoslari

Bozor narxi (muvozanat bahosi). 
Agar biz talab va taklifning qiyshiq chiziqlarini bitta diagrammaga 
yig‘sak, ular bozor narxi yoki muvozanat bahosini ifodalovchi bitta 
nuqtadagina kesishishini ko‘ramiz. Demak, shu narxdagina talabning 
kapitali taklifning kattaligiga teng bo‘ladi. 
Muvozanat yoki bozor narxi asta-sekin o‘rnatiladi. Agar oldi-sotdi bo-
zor bahosi emas, boshqa narxlarda tovarning ortiqchaligi yoki yetishmasligi 
ro‘y beradi, bu esa narxlarning o‘zgarishiga olib keladi va bu narxlar mu-
vozanat darajasida to‘xtamagunicha davom etaveradi. 
Talabning o‘zgarishi. 
Talabning qiyshiq chizig‘i boshqa omillar o‘zgarmay qolib, narx 
o‘zgarganida talabning hajmi bilan nimalar ro‘y berishini ko‘rsatadi. 
Biroq real hayotda talab shartlari deb ataluvchi mana shu «boshqa omil-
lar» ham, albatta, o‘zgaradi. Bu shartlarning o‘zgarishi bilan talabning 
qiyshiq chizig‘i ham o‘zgaradi. 
«Talabning o’zgarishi»
termini taklif va talab muammolarining 
o‘rganishni endi boshlaganlarni boshi berk ko‘chaga ro‘para qilib qo‘yadi. 
Afsuski, uni talabning qiyshiq chizig‘idagi siljishini bilgandek, talabning 
qiyshiq chizig‘ining o‘zini ham, ko‘chishini ta’riflash uchun ham tez-tez 
qo‘llaydilar. 
Narx
Talab hajmi
(kattaligi) 
Uning o‘sganidan so‘ng 
talabning hajmi (kattaligi) 
10 
20 
50 

30 
70 

50 
90 

70 
110 

90 
140 

120 
170 

150 
220 

190 
270 

240 
340 


48 
Aslida bu siljishlar mutlaqo har xil sabablar tufayli ro‘y bergan. Buni 
misollarda ko‘rib chiqaylik. 
Birinchi ikki ustun talabning oddiy shkalasini namoyon qilib, u DD 
qiyshiq chizig‘i sifatida ko‘rsatilgan. Bu qiyshiq chiziqdan narxlar 
o‘zgarganda talabning kattaligi qancha bo‘lishini aniqlab olish mumkin. 
Masalan, narxning 5 so‘mdan 4 so‘mgacha kamayishi talab hajmining 120 
birlikda 150 birlikkacha o‘sishiga olib keladi. Bu talabning o‘sishi yoki 
kengayishi deb ataladi. Narxning 4 so‘mdan 5 so‘mga oshishi esa talab 
hajmining 150 birlikdan 120 birlikkacha kamayishi yoki qisqarishiga olib 
keladi (jadvalga qarang). 

Yüklə 2,8 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   128




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin