Iqtisodiyot asoslari


Bir-birini o‘zaro to‘ldiruvchi takliflar



Yüklə 2,8 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə48/128
tarix07.01.2024
ölçüsü2,8 Kb.
#209444
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   128
iqtisodiyot asoslari

Bir-birini o‘zaro to‘ldiruvchi takliflar 
Tovarlar bir-biriga o‘zaro bog‘liq bo‘lganida ulardan birining ishlab 
chiqarilishi ikkinchisi uchun taklifni vujudga keltiradi. Masalan, qo‘y 
go‘shtini qo‘ysiz, mol go‘shtini qoramolsiz ishlab chiqarish mumkin emas. 
Muammolar bir-birini o‘zaro to‘ldiruvchi tovarlardan 
biriga 
talab osh-
gan hollarda yuzaga keladi. Masalan, qo‘rg‘oshin va rux bitta rudada 
bo‘ladi. Qo‘rg‘oshinga bo‘lgan talabning oshishi uni ishlab chiqarishning 
o‘sishiga olib keladi. Biroq qo‘rg‘oshin ishlab chiqarish o‘sganligi tufayli 
xuddi shunday holat, garchi unga bo‘lgan Talab o‘zgarmagan bo‘lsa ham, 
rux bilan ham Ro‘y beradi. 
Rux taklifining oshishi uning narxining pasayishiga olib keladi. 
Bir-birini o‘zaro to‘ldiruvchi takliflarga boshqa qiziqarli misol bo‘lib 
transport xizmat qiladi. «U tomon»ga yo‘l, albatta, «ORqaga qaytish»ni 
taqozo qiladi. Lekin ko‘pchilik transport vositalari «ORqaga qaytish» 
yo‘lini bo‘sh bosib o‘tadilar. Benzinli tanker deyarli hamma holatlarda neft-
ni tozalash zavodiga, ko‘mir tashuvchi yuk avtomashinalari shaharga bo‘sh 
qaytadilar. Transport vositalarining bo‘sh yurishi yuk tashish qiymatini 
o‘sishiga olib keladi. Shuning uchun «u yoqqa» borish uchun ketadigan 
transport xarajatlari ORqaga bo‘Sh qaytish qiymatini qoplash kerak. 
Bozoriy bo‘lmagan narxlar 
Favqulodda holatlarda oziq-ovqat mahsulotlari narxini pasaytirish.
 
O‘tkir taqchillik davrlarida, Masalan, urush paytida, davlat ba’zi oziq-ovqat 
mahsulotlari kabi birinchi navbatda zurur bo‘lgan tovarlarga aholining 
aksariyat ko‘pchiligining moddiy imkoniyatlari darajasiga muvofiq bo‘lgan 
darajadagi narxlarni belgilaydi. Davlat bu chorani tanqislik tufayli to-
varlarning bozor bahosi nihoyatda baland bo‘lib ko‘pchilik odamlar ularni 
bu baholarda sotib ololmaganliklari uchun qo‘llaydi. 
Agar tegishli choralar ko‘rilmasa, «kim birinchi bo‘lib kelsa, o‘sha 
odam hamma narsani oladi» vaziyati vujudga kelishi mumkin. Navbatlar va 
kutuvchilarning ro‘yxatlari paydo bo‘ladi, ayrimlar esa umuman hech narsa 
ololmay qoladilar. Shuning uchun hukumat kartochka tizimining qandaydir 
shaklini kiritishga majbur bo‘ladi. 
Yevropa hamjamiyatida va dunyoning ko‘plab boshqa mamlakatlarida 
davlat ma’lum bir qishloq xo‘jalik mahsulotlarining eng kam (minimal) 


58 
baholarini ifodalaydi. Bu narxlar ko‘pchilik holatlarda erkin bozor baholari-
dan baland bo‘ladi. Bunday vaziyatda davlat tovarlarning ortiqchalik 
muammosiga duch keladi. 
Shunday qilib: 

bozorlar – xaridorlar va sotuvchilarga bitishuvlar tuzishga imkon 
beruvchi tuzilmalardir. Bozorlar an’anaviy mahalliy bozorlardan boshlab to 
jahon bozorigacha bo‘lgan turli shakl va o‘lachamlarga ega bo‘lishlari 
mumkin; 

bozor narxlari taklif va talabdan kelib chiqib belgilanadi; 

talab haqida gapirganda, biz to‘lovga qobil talabni, ya’ni tovarni sotib 
olish istagini emas, uning imkoniyatni ham nazarda tutamiz. Taklif - sotish-
ga taqdim etilayotgan tovarlar va xizmatlardan iborat; 

talabning qiyshiq chiziqlari narxlar turlicha bo‘lganida talabning 
hajmini ko‘rsatadi: ular o‘ngga yoki chapga yo‘nalgan. Taklifning qiyshiq 
chiziqlari sotishga turli narxlarda taqdim etilayotgan tovarlarning miqdorini 
ko‘rsatadilar: ular tepaga o‘ngga yoki chapga yo‘nalgan bo‘ladi. Talab va 
taklifning qiyshiq chiziqlari o‘zgaruvchi yagona omil narx ekanligidan kelib 
chiqib tuziladi; 

talabning hajmi taklifning hajmiga faqat muvozanat narxlari qaror 
topgandagina teng bo‘ladi; 

talabning oshishi; 

talab taqdim qilinayotgan narx bo‘yicha oshiq ekanligini bildiradi; 
talabning qiyshiq chizig‘ini o‘ngga ko‘chiradi va narxning tushishi va 
talabning bundan buyon ham o‘sishiga olib keladi; 

taklifning kamayishi teskari natijalarga olib keladi; 

agar tovarning bozor narxi muvozanat bahosidan oshib ketsa, b o-
zorda uning ortiqchaligi vujudga keladi. Agar u muvozanat narxidan past 
bo‘lsa, bozorda tanqislik kuzatiladi. 

Yüklə 2,8 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   128




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin